O'zbekiston

O‘zbekistonning Birinchi xonimi G‘azo sektorida o‘t ochishni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi

Ziroat Mirziyoyeva Turkiya Respublikasining Birinchi xonimi Emine Erdog‘anning taklifiga binoan 15 noyabr kuni "Falastinda tinchlik uchun birgalikda" sammitida ishtirok etdi.

O‘zbekistonning Birinchi xonimi G‘azo sektorida o‘t ochishni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi

 

Ziroat Mirziyoyeva Turkiya Respublikasining Birinchi xonimi Emine Erdog‘anning taklifiga binoan 15 noyabr kuni "Falastinda tinchlik uchun birgalikda" sammitida ishtirok etdi.

 

"O‘zbekiston xalqi Falastinning tinch aholisi boshiga tushgan kulfat va qayg‘u-alamlarni yurakdan o‘tkazmoqda", — dedi O‘zbekiston Prezidentining rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva Istanbuldagi sammitda.

 

 

Birinchi xonim har ikki tomonni ham zudlik bilan o‘t ochish va jangovar harakatlarni to‘xtatish, tang ahvolda qolgan aholiga gumanitar yordam yetkazish uchun imkoniyat yaratish, nizoni faqatgina tinch, diplomatiya yo‘li bilan “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili asosida hal etishga chaqirib, O‘zbekistonning bu boradagi qatʼiy pozitsiyasini yana bir bor bildirdi.

 

O‘zbekiston Falastin xalqi bilan birdam va yakdil ekani, uning Birlashgan Millatlar Tashkiloti rezolyutsiyalariga muvofiq o‘z mustaqil davlatini barpo etishga bo‘lgan huquqini to‘liq qo‘llab-quvvatlashi taʼkidlandi.

 

Sammit yakunida davlat va hukumat rahbarlari rafiqalarining G‘azo sektori bo‘yicha yig‘ilishi Yaxshi niyat deklaratsiyasi qabul qilindi.

 

custom img

Surxondaryoda elektr ta’minoti to‘liq tiklandi

Blekautga Markaziy Osiyo yagona energetika tizimida yuzaga kelgan avariyali holat sabab bo‘lgandi.

custom img

Yangiyo‘l tumanida yuk mashinasi yonib ketdi

Yong‘in oqibatida jarohatlanganlar yo‘qligi ma’lum qilindi.

custom img

O‘zbekistonda 2027-yildan 5 ta hududlararo sud tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Odil sudlov – 2030” strategiyasi loyihasini ma’qullab, sud tizimini rivojlantirishga qaratilgan farmonni imzoladi.

custom img

Millatlar raqsi — do‘stlik va hamjihatlik timsoli

Qashqadaryoda o‘tkazilayotgan “Yoshlar — kelajak bunyodkorlari” V xalqaro ekologiya qurultoyi doirasida yoshlar turli xalqlarning milliy raqslarini ijro etdi.

custom img

“Hozir yangi universitet ochishga ehtiyoj yo‘q” — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

Bitiruvchilari bandlik ko‘rsatkichi belgilangan darajadan past bo‘lgan oliygohlarni boshqa universitetlarga qo‘shib yuborish yoki yopish bo‘yicha choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.

custom img

Surxondaryoda blekaut yuz berdi

Energetika vazirligi uzilish qo‘shni mamlakat energetika tizimidagi avariya bilan bog‘liqligini ma’lum qildi.

custom img

O‘zbekistonda litsenziya olmasdan 3 oy tadbirkorlik qilish mumkin bo‘ladi

Bu muddatda ular litsenziya talablarini bajarishi va tegishli hujjatni olishi yoki faoliyatini to‘xtatishi kerak.

custom img

“Afg‘onistonga elektr energiyasi faqat ichki talab qondirilgandan keyin eksport qilinadi” — Energetika vaziri

Sherzod Xo‘jayev quyosh va shamol elektr stansiyalari yuqori quvvatda ishlagan paytda hosil bo‘ladigan ortiqcha elektr energiyasini eksport qilish orqali katta iqtisodiy samaraga erishish mumkinligini ta’kidladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"