O'zbekiston

Prezident To‘palang GESdagi modernizatsiya ishlarini ko‘zdan kechirdi

So‘nggi yillarda 19 ta yangi gidro elektr stansiya barpo etildi, 13 tasi modernizatsiya qilindi.

Prezident To‘palang GESdagi modernizatsiya ishlarini ko‘zdan kechirdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 noyabr kuni Surxondaryo viloyatidagi To‘palang gidroelektr stansiyasiga borib, modernizatsiya ishlarini ko‘zdan kechirdi

 

Mamlakatimiz ham iqtisodiy, ham aholi soni jihatidan o‘sib, energetika quvvatlariga talab yildan-yilga ortmoqda. Buni taʼminlash maqsadida davlatimiz tomonidan barcha manbalar ishga solinmoqda. Jumladan, gidroenergetikani rivojlantirishga katta urg‘u berilayapti. So‘nggi yillarda 19 ta yangi gidro elektr stansiya barpo etildi, 13 tasi modernizatsiya qilindi.

 

Ulardan eng muhimi To‘palang gidroelektr stansiyasidir. U 2006 yilda ishga tushirilgan paytda jami 30 megavatt quvvatli ikkita agregat bo‘lardi.

 

Davlatimiz rahbari 2019 yil aprelda bu yerga tashrif buyurib, yana ikkita gidroagregat qurish yuzasidan topshiriq bergan edi. Avvaliga suv ombori to‘g‘oni qo‘shimcha 20 metrga ko‘tarildi. Natijada uning sig‘imi 380 million kub metrdan 500 millionga yetkazildi. Zamonaviy texnologiyalar asosida qurilish-montaj ishlari olib borilib, jami quvvati 145 megavattli ikkita agregat o‘rnatildi.

 

Shu tariqa, To‘palang GESining umumiy quvvati 175 megavattga yetib, Chorvoq GESidan keyin mamlakatimizdagi ikkinchi yirik stansiyaga aylandi.

 

Samaradorligini aytganda, bu yerda yiliga qo‘shimcha 467 million kilovatt/soat elektr quvvati yaratildi. Qariyb 167 mingta xonadonning elektr taʼminoti yaxshilandi. Bu yiliga o‘rtacha 107 million metr kub tabiiy gaz tejaladi, deganidir.

 

Prezidentimiz shu yil martda Surxondaryo viloyatiga kelganida To‘palang gidro elektr stansiyasini modernizatsiya qilish loyihasi foydalanishga topshirilgan edi. Bu galgi tashrif chog‘ida ish jarayoni bilan yaqindan tanishildi.

 

Shu yerda To‘palang daryosi negizida gidro energetika quvvatlarini oshirish bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. Unga ko‘ra, kelgusi yillarda daryoning yuqori qismida qurish uchun 20 ta istiqbolli loyiha shakllantirilgan. Ularning umumiy quvvati 264 megavatt bo‘lishi mo‘ljallangan.

 

Davlatimiz rahbari bu ishlarni kengaytirib, har bir soy, imkoniyati bor har bir mahallada mikro GESlar barpo etish mumkinligini taʼkidladi.

 

Shuningdek, Surxondaryoda ko‘mir qazib olish imkoniyatlari bo‘yicha axborot berildi. Qayd etilganidek, hududda 82 million tonna ko‘mir zaxirasi aniqlangan. Bugungi kunda 541 ming tonna qazib olinmoqda. Bu hajmni 2 million tonnaga yetkazish, mutaxassislar tayyorlash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

custom img

Surxondaryoda elektr ta’minoti to‘liq tiklandi

Blekautga Markaziy Osiyo yagona energetika tizimida yuzaga kelgan avariyali holat sabab bo‘lgandi.

custom img

Yangiyo‘l tumanida yuk mashinasi yonib ketdi

Yong‘in oqibatida jarohatlanganlar yo‘qligi ma’lum qilindi.

custom img

O‘zbekistonda 2027-yildan 5 ta hududlararo sud tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Odil sudlov – 2030” strategiyasi loyihasini ma’qullab, sud tizimini rivojlantirishga qaratilgan farmonni imzoladi.

custom img

Millatlar raqsi — do‘stlik va hamjihatlik timsoli

Qashqadaryoda o‘tkazilayotgan “Yoshlar — kelajak bunyodkorlari” V xalqaro ekologiya qurultoyi doirasida yoshlar turli xalqlarning milliy raqslarini ijro etdi.

custom img

“Hozir yangi universitet ochishga ehtiyoj yo‘q” — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

Bitiruvchilari bandlik ko‘rsatkichi belgilangan darajadan past bo‘lgan oliygohlarni boshqa universitetlarga qo‘shib yuborish yoki yopish bo‘yicha choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.

custom img

Surxondaryoda blekaut yuz berdi

Energetika vazirligi uzilish qo‘shni mamlakat energetika tizimidagi avariya bilan bog‘liqligini ma’lum qildi.

custom img

O‘zbekistonda litsenziya olmasdan 3 oy tadbirkorlik qilish mumkin bo‘ladi

Bu muddatda ular litsenziya talablarini bajarishi va tegishli hujjatni olishi yoki faoliyatini to‘xtatishi kerak.

custom img

“Afg‘onistonga elektr energiyasi faqat ichki talab qondirilgandan keyin eksport qilinadi” — Energetika vaziri

Sherzod Xo‘jayev quyosh va shamol elektr stansiyalari yuqori quvvatda ishlagan paytda hosil bo‘ladigan ortiqcha elektr energiyasini eksport qilish orqali katta iqtisodiy samaraga erishish mumkinligini ta’kidladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"