O'zbekiston

O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash: muammo, yechim, amaliyot

Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasida “O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘ldi.

O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash: muammo, yechim, amaliyot

 

Har bir inson o‘z yurti taraqqiyoti, uning nufuzini xalqaro reytinglarda yuqorilaganini ko‘rishni istaydi. Xususan, rivojlanayotgan Yangi O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatidagi nufuzi tobora ortib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasida tashkil etilgan “O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash muammolari: nazariya, amaliyot va strategiya” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ham ayni masalalar muhokama markazida bo‘ldi.

 

 

Akademiya, Toshkent Singapur menejmentni rivojlantirish instituti,“Sciyence and innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligidagi ushbu anjuman soha ekspertlari, olimlar va yosh tadqiqotchilarni bir manzilga jamladi.

 

Xalqaro reyting va indekslar dunyodagi institutsional muhitning sifatini baholashda iqtisodiy rivojlanishning asosiy sharti sifatida jahon hamjamiyati tomonidan qabul qilingan vositadir. Ular nafaqat ekspertlar, balki davlatlar darajasida ham islohotlar va ijtimoiy-iqtisodiy siyosat mezoni sifatida qo‘llanib kelinadi.

 

Keyingi yillarda mamlakatimiz ko‘pgina ustuvor reytinglarda yuqorilab borayotgani yurtimizda aholi turmush farovonligini oshirish, jamiyatimizda ochiqlik, oshkoralikni taʼminlash borasida qilinayotgan ezgu ishlarning muhim natijasidir.

 

 

Xususan, 2022-yilda O‘zbekiston 2021-yilda eʼlon qilingan va o‘zi uchun ustuvor deb bilgan jami 19 ta xalqaro reytingdan 11 tasida o‘z pozitsiyasini yaxshiladi. Jumladan, 2022-yilda Global innovatsiyalar indeksida o‘z o‘rnini 4 pog‘onaga ko‘tarib, 132 ta davlat orasida 82-o‘rinni, Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksida 5 pog‘onaga ko‘tarib, 154 ta davlat orasida 89-o‘rinni, Elektron hukumatni rivojlantirish reytingida 18 pog‘ona yaxshilab, 193 ta davlat ichida 69-o‘rinni egalladi.

 

Konferensiyaga mavzu yuzasidan yurtimiz siyosatchi va olimlaridan 500 dan ortiq, xorijiy tadqiqotchilardan 50 ga yaqin ilmiy-maqola va tezislar kelib tushdi hamda ularning 200 tasi tanlab olindi. “Sciyence and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali bilan hamkorlikda har bir maqolaga raqamli identifikator raqami (DOI) olinib, Polshaning Indeks Copernikuss, Yevropaning Zenodo va Open Aire, Rossiyaning Cyberlinenka, Angliyaning EuroPub xalqaro ilmiy bazalariga joylashtirildi. Google akademiya” xalqaro ilmiy qidiruv tizimida indekslandi.

 

Bu esa, anjuman doirasida nashr etilgan maqola va tezislardan dunyoning turli nuqtalaridagi tadqiqotchilar erkin foydalanishiga imkon yaratadi.

 

 

custom img

Samarqand hududiy elektr tarmoqlarini turkiyalik investorlar boshqaradi

O‘zbekistonda ilk bor taqsimlash elektr tarmoqlarini investitsiya kiritish sharti bilan xususiy sektor boshqaruviga berish Samarqand viloyatida yo‘lga qo‘yiladi.

custom img

Ruslanbek Davletov yangi lavozimga tayinlandi

Davletov bunga qadar Prezidentning vakillik organlari, NNTlar va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlagan.

custom img

Namanganda IIO xodimiga 3 ming dollar pora berayotgan fuqaro ushlandi

Fuqaro o‘ziga nisbatan to‘plangan hujjatlarni tergovga yubormaslik va bloklangan mablag‘larni chiqarib berish evaziga xodimga pora taklif qilgan.

custom img

Suriyadagi jangarilarga qo‘shilmoqchi shaxs 10 yilga qamaldi

Janubiy Koreyada o‘qish davrida terroristik tashkilotlar ta’siriga tushgan fuqaro internet orqali ularning materiallarini tarqatgan, pul mablag‘lari yuborgan va keyinchalik jangarilar safiga qo‘shilishga uringan.

custom img

Ruslanbek Davletov Prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

Davletovning o‘rniga Olim Davlatovich Davlatov Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

custom img

Qarzi bo‘lmagan 3600 ta xonadonga soliq qarzdorligi hisoblandimi?

Toshkentda ayrim xonadonlar uchun yer solig‘i qayta hisoblanganiga izoh berildi.

custom img

"Madaniyatchilar nima qilsa hamma ergashadi-ku, daraxt ekishni moda qilishsin" — Rasul Kusherboyev

Rasul Kusherboyev daraxt ekishni tug‘ilgan kun va farzandli bo‘lish kabi muhim sanalar bilan bog‘lab, uni yaxshi an’anaga aylantirishni taklif qildi.

custom img

Andijonda qizlarni Turkiyaga fohishalikka olib ketishga uringan ayollar ushlandi

Ular qizlarni yuqori maoshli ish taklifi bilan aldab, Turkiyaga olib ketmoqchi bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"