Andijondagi maktablarda pul yig‘ilyaptimi?
Rasmiylar tarmoqda tarqalgan xabarlarga izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Andijon tumanidagi maktablarda pul yig‘ilayotgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Holatga viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati ushbu holat yuzasidan MMTB hamkorligida o‘rganish harakatlarini boshlagan.
"Yakuniy va batafsil maʼlumotlar eʼlon qilinadi. Ushbu holat tasdiqlangan taqdirda, tegishli tartibda qonuniy yondashuv amalga oshiriladi", deyiladi rasmiy izohda.







