Italiyada qashshoqlik darajasi ortib bormoqda
Har 12-italiyalik qashshoqlik chegarasida.

O‘tgan yili har 12-italiyalik o‘ta qashshoqlik darajasida bo‘lgan, deb xabar bermoqda Milliy statistika instituti.
Taʼkidlanishicha, mamlakat bo‘ylab bolalar va o‘smirlarning 14 foizi qashshoqlik chegarasida yashaydi. 18 yoshdan 34 yoshgacha bo‘lgan yoshlar orasida esa qashshoqlik darajasi 11 foizdan oshadi. Mutaxassislarning ogohlantirishicha, bu raqamlar faqat ortib boraveradi. Ko‘pchilik odamlar asosiy ehtiyojlarni qondirishga qodir emas.
Asosiy sabablarga inflyatsiya, past iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy yordamni qisqartirish kiradi. Eurostat maʼlumotlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi miqyosida italiyaliklarning qashshoqlikka duch kelishi o‘rta darajadan ko‘ra yuqori.







