O'zbekiston

Jismoniy shaxslarga daromad solig‘idan imtiyoz olishda davlat xizmati ko‘rsatiladi

Bu Hukumatning tegishli qarori bilan belgilab qo‘yildi.

Jismoniy shaxslarga daromad solig‘idan imtiyoz olishda davlat xizmati ko‘rsatiladi

 

Hukumat qaroriga ko‘ra, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lish uchun my.gov.uz orqali so‘rovnoma to‘ldirib, zarur hujjatlarni ilova qilish kerak bo‘ladi. Bu bilan taʼlim to‘lovlari uchun daromad solig‘ini qaytarib olish osonlashyapti.

 

Hukumatning (601-sonli) qarori bilan bilan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga imtiyoz qo‘llash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

 

Reglamentga ko‘ra, ariza beruvchi imtiyozni olish uchun o‘z xohishiga ko‘ra YAIDXP (my.gov.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tadi.

 

So‘rovnoma to‘ldirilib, unga tegishli zarur hujjatlar ilova qilinadi.

 

So‘rovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi, uni ko‘rib chiqqanlik uchun to‘lov undirilmaydi.

 

Soliq organlari so‘rovnoma tushgan kundan boshlab 5 ish kunida ariza beruvchiga daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz qo‘llangan yoki qo‘llanmagani haqida QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan xabarnomani YAIDXP orqali yuboradi.

 

Daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz qo‘llangani to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab 15 kun ichida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi to‘lovlarni amalga oshiradi.

Maʼlumot uchun, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlar Soliq kodeksida belgilangan [369-modda].

 

Shuningdek, o‘zbekistonliklar bu imtiyozdan eng ko‘p foydalanishi mumkin bo‘lgan yo‘nalish taʼlim sohasidir. Masalan, bog‘cha, maktab, kollej, litsey va oliygoh kabi taʼlim maskanlarida o‘qish uchun sarflangan mablag‘lar daromad solig‘idan ozod qilingan.

 

Yaʼni ota-onalar oliy o‘quv yurtlari yoki nodavlat maktab va bog‘chalarda o‘qiydigan farzandlariga taʼlim to‘lovlarini o‘z oylik ish haqlaridan to‘lab bersalar, 12 foiz daromad solig‘ini qaytarib olishlari mumkin. Bu o‘zi ishlab o‘z kontraktini to‘lagan talabalar va turmush o‘rtog‘i uchun kontrakt to‘laganlarga ham amal qiladi.

 

Shu paytgacha bu imtiyozdan my3.soliq.uz orqali foydalanish mumkin edi. Shu bilan birga elektron raqamli imzo talab qilinardi. 601-sonli hukumat qarori bilan endi my.gov.uz‘da so‘rovnoma to‘ldirish va zarur hujjatlarni ilova qilish yetarli bo‘lmoqda.

custom img

Maktabgacha va maktab ta’limida o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi takomillashtiriladi

180 nafar pedagog o‘zbek tilini zamonaviy metodika asosida o‘qitish bo‘yicha seminarda ishtirok etmoqda.

custom img

Toshkentda YPX talabiga bo‘ysunmagan raqamsiz Malibu-2 haydovchisi ushlandi

YPX xodimlari haydovchiga to‘xtash ishorasini bergan, biroq u avtomobilni keskin ortga burib, qochishga uringan.

custom img

Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi

Buxoro xalqaro aeroportida Prezident Ilhom Aliyev va rafiqasini Prezident Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kuzatib qo‘ydi.

custom img

Namanganda katerlar to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

Alkogol va tamaki sohasiga oid 8 ta hujjatga 28 ta o‘zgartirish kiritish taklif etildi

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan yangi loyihalar Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

custom img

Adolat tiziminnig yangi qiyofasi xalq ishnochi, qonun ustuvorligi va inson qadri uchun tarixiy qadam

Inson huquqlarini ishonchli himoya qilish, qonun ustuvorligi va adolatni ta’minlash — “Odil sudlov — 2030” strategiyasining asosiy maqsadlaridan. Prezidentning tegishli Farmoni bilan sud tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qildi

Tashrif davomida Ozarbayjon delegatsiyasiga Buxoroning Buyuk Ipak yo‘lidagi muhim savdo, ilm-fan va ta’lim markazi sifatidagi ko‘p asrlik tarixi haqida so‘zlab berildi.

custom img

Yogurt idishiga yashirilgan 267 gramm giyohvandlik moddasi aniqlandi

Toshkentda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"