Dunyo bo‘ylab qizamiq avj olmoqda
JSST vaziyatdan xavotirda.

Dunyo bo‘ylab qizamiq bilan kasallanganlar soni ortib bormoqda. Shu bilan birga, kasallikka qarshi emlash pasaymoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maʼlum qildi.
Mutaxassislarning qayd etishicha, 2022 yilda infeksiyadan vafot etganlar soni 2021 yilga nisbatan 43 foizga oshgan. Bemorlarning umumiy soni 9 million kishini, halok bo‘lganlar esa 136 ming kishini tashkil etadi. JSSTning taʼkidlashicha, ularning aksariyati bolalardir.
"Bolalar uchun qizamiq tahdidi doimiy ravishda o‘sishda davom etmoqda. 2022 yilda kasallikning keng ko‘lamli va og‘ir epidemiyalari 37 davlatda qayd etilgan", - deyiladi JSST xabarida.
Shu bilan birga, tashkilotning qayd etishicha, bu holat bashorat qilingan, chunki so‘nggi yillarda emlash darajasi pasaygan. Shuningdek, JSSTning taʼkidlashicha, o‘n yil ichida AQSH, Janubiy Yevropa va Afrikada dang bezgagining tez tarqalish xavfi bor.







