Fransiya yangi ballistik raketa sinovini o‘tkazdi
Jarayon muvaffaqiyatli yakunlangan.

Fransiya yangi M51.3 qitʼalararo ballistik raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Sebastyan Lekornu maʼlum qildi.
"M51.3 strategik ballistik raketasining birinchi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilishi! Bu ishlanma bizning yadroviy to‘xtatuvchi kuchimizga ishonchni mustahkamlaydi va uchirish sohamizning mukammalligini namoyish etadi", deb yozgan u.
O‘z navbatida, Fransiya Mudofaa vazirligi Qurol-yarog‘ bosh boshqarmasining aniqlik kiritishicha, uchirish Biskarosidagi poligondan amalga oshirilgan. Raketa yadro zaryadiga ega emas. Uning parvozi to‘liq nazorat ostida bo‘lgan va jarayon "har qanday qirg‘oqdan bir necha yuz kilometr" masofada amalga oshirilgan.







