Toshkentda Tez yordam xodimi bemorga tegajog‘lik qilgani aytilmoqda
SSV holat yuzasidan rasmiy izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tez tibbiy yordam xodimi bemor ayolga tegajog‘lik qilgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ayni paytda mazkur holat bo‘yicha vazirlik ishchi guruhi tomonidan o‘rganish olib borilmoqda. Uning natijalari bo‘yicha batafsil xabar beriladi.
"Vaziyatga aniqlik kiritilmaguncha jamoatchilik vakillaridan masalani turlicha talqin qilmasliklarini so‘raymiz", deyiladi rasmiy izohda.







