O'zbekiston

Umra tadbirini amalga oshiruvchi turoperatorlar nomi eʼlon qilindi

Muqaddas ziyoratni tashkil qilish va amalga oshirish bo‘yicha turfirmalar reytingiga 10 ta tashkilot kiritildi.

Umra tadbirini amalga oshiruvchi turoperatorlar nomi eʼlon qilindi

 

Umra tadbirini amalga oshirish uchun ruxsat berilgan tashkilotlarning dastlabki ro‘yxati eʼlon qilindi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi.

 

Umra ziyoratini tashkil qilish va amalga oshirish bo‘yicha turfirmalar reytingiga 10 ta tashkilot kiritilgan. Ularning 5 tasi Andijon viloyatida, 2 tasi Namangan viloyatida, 3 tasi esa Toshkent shahrida joylashgan.

 

Shu yilning 1 noyabridan Umra tadbirini tashkil etish bo‘yicha yangi talablar kuchga kirdi. Endilikda turistik faoliyatni amalga oshirish litsenziyasi chiqish turizmi kichik turining Umra xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bo‘yicha qo‘shimcha litsenziya talablari va shartlari joriy etiladi.

 

2023 yil 1 oktyabrdan Umra xizmatlarini ko‘rsatuvchi turoperatorlar faoliyatini reyting asosida baholash tizimi joriy qilindi.

 

Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoniga safar qilish uchun elektron viza olishlari mumkin. Saudiya Arabistoni “E-visa”si bir yillik, ko‘p martalik kirish vizasi bo‘lib, sayyohlarga mamlakatda 90 kungacha bo‘lish imkonini beradi.

custom img

Sirdaryoda aliment to‘lashdan qochib yurgan ota ushlandi

Qidiruv harakatlari natijasida qarzdor ota topilib, davlat ijrochisiga topshirildi.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon Birinchi xonimlari “Oxun Guzar” shourumiga tashrif buyurdilar

Mehmonlarga kelin sarposi, so‘zana, “kelin salom”, “beshik to‘yi” va boshqa milliy an’analar namoyish etildi.

custom img

Yangi Toshkentda “Ozarbayjon” bog‘i barpo etiladi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev bo‘lajak bog‘ hududida ramziy kapsulani joylashtirib, loyihani amalga oshirishga start berdi.

custom img

Yangi Toshkent loyihasi Ozarbayjon Prezidentiga taqdimot qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasiga tashrif buyurdi.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari OAV vakillari bilan uchrashdi

Ikki mamlakat yetakchilari muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr bildirdi. Ikki davlat o‘rtasida Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani tarixiy tashrifning eng muhim natijasi sifatida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston noyob Qur’on yaratish bo‘yicha jahon xattotlari tanlovini e’lon qiladi

Tanlov “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar” xalqaro mediaforumi doirasida o‘tkaziladi.

custom img

Ozarbayjon Prezidenti Ko‘ksaroyda tantanali kutib olindi

Suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

custom img

Ozarbayjon Prezidenti rafiqasi bilan Toshkentga keldi

Tashrif doirasida O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlari oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazib, Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"