Siyosat

“Bugun biz butunlay boshqacha O‘zbekistonni ko‘rib turibmiz” — Ilhom Aliyev

Ozarbayjon Prezidenti O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi taraqqiyoti va Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilgan islohotlarga yuqori baho berdi.

“Bugun biz butunlay boshqacha O‘zbekistonni ko‘rib turibmiz” — Ilhom Aliyev

 

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi taraqqiyoti va Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilgan islohotlarga yuqori baho berdi.

 

Ilhom Aliyevning ta’kidlashicha, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelgan davrdagi vaziyat bilan bugungi holat o‘rtasida katta farq bor.

 

“Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga rahbarlik qilishni boshlaganida vaziyat butunlay boshqacha edi. Buni O‘zbekiston fuqarolari ham, biz ham juda yaxshi bilamiz. Shu sababli u mamlakatni rivojlanish yo‘liga qo‘yish hamda davlatning iqtisodiy jihatlarini noldan shakllantirish uchun katta kuch bilan ishlashiga to‘g‘ri keldi”, dedi Ilhom Aliyev.

 

Ozarbayjon Prezidenti bugungi O‘zbekistonni jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallagan davlat sifatida baholadi.

 

“Bugun biz butunlay boshqacha O‘zbekistonni ko‘rib turibmiz — jahon hamjamiyatining juda hurmatga sazovor a’zosiga aylangan O‘zbekistonni. Sanoatni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalar juda tezkor va samarali hal etilmoqda”, dedi u.

 

Ilhom Aliyev O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlar Ozarbayjon bilan hamkorlik loyihalarini rivojlantirish uchun muhim zamin yaratganini ta’kidladi.

 

“Shavkat Mirziyoyev va uning jamoasi tomonidan O‘zbekiston uchun qilingan ishlar va bu islohotlar bo‘lmaganida, birorta ham hamkorlik loyihasini amalga oshirishning imkoni bo‘lmasdi”, dedi Ozarbayjon Prezidenti.

 

U Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelguniga qadar ikki mamlakat o‘rtasida birorta ham qo‘shma loyiha bo‘lmaganini ham qayd etdi.

 

Ayni paytda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan. Ilhom Aliyev mazkur ko‘rsatkichga erishish uzoq muddatli istiqbol emas, balki yaqin ikki yil ichida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan vazifa ekanini ta’kidladi.

 

Ozarbayjon rahbari, shuningdek, ikki mamlakat iqtisodiyoti ehtiyoj sezayotgan sohalarda investitsiya loyihalari va o‘zaro sarmoyalarni kengaytirish masalalari muhokama qilinganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday hamkorlik O‘zbekiston va Ozarbayjonning parallel ravishda rivojlanishi natijasida yuzaga kelmoqda.

custom img

O‘zbekiston va Serbiya Prezidentlari qo‘shma biznes forumida ishtirok etdilar

Tadbirda ikki mamlakatning 200 nafardan ziyod rasmiy va ishbilarmon doira vakillari ishtirok etdi.

custom img

O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi

Davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlar almashildi.

custom img

Belgradda Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Vuchich muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston va Serbiya 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan sanoatda sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasini qabul qildi.

custom img

Serbiyada Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Marosimdan so'ng ikki davlat rahbarlari oliy darajadagi muzokaralarni boshladi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti sharafiga Serbiyada rasmiy qabul marosimi bo‘lib o‘tdi

Tashrif sharafiga “Kula Belgrad” binosi O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Serbiyaga jo‘nab ketdi

Tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar va biznes-forum o‘tkaziladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibini qabul qildi

Uchrashuvda bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish, tizimni raqamlashtirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekistonda Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalari filiallarini ochish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"