Surxondaryodagi xonadonda mayning qurilmasi aniqlandi
Qurilmadan foydalanish orqali davlatga 425 mln zarar yetkazilgan.

Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o‘rnatgan xonadon aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro O.Q fuqaro J.U bilan o‘zaro til biriktirib, o‘z uyida 114 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmasini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 425,7 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







