O'zbekiston

Qo‘qonda 19 yoshli fuqaro davlatga 12 mlrd zarar yetkazdi

U noqonuniy mayning ferma tashkil qilgan.

Qo‘qonda 19 yoshli fuqaro davlatga 12 mlrd zarar yetkazdi

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy tarzda kriptovalyuta ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelgan shaxs qo‘lga olindi.

 

Qo‘qon shahrida yashovchi, 2004 yilda tug‘ilgan mazkur fuqaro tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, ushbu shahardagi xonadonlarning birida kriptovalyuta ishlab chiqarish maqsadida elektr taʼminoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan, umumiy quvvati 104,2 kiloVatt/soat bo‘lgan 31 dona “Vatsmayner M21S” qurilmalari va 2,16 kiloVatt/soat bo‘lgan ventilyator va yoritgichlar, jami quvvati 106,3 kiloVatt/soat bo‘lgan elektr qurilmalarini o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulab, 2020 yildan 2023 yilga qadar jami 2 mln 794 ming bir yuz kiloVatt elektr energiyasidan foydalanib, elektr taʼminoti korxonasining 12 mlrd 369 mln so‘mlik mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilganligi aniqlangan.

 

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Qashqadaryoda 856 nafar talabaning kontrakti to'lab beriladi

Ushbu maqsad uchun jami 3,78 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.

custom img

Navoiyda 340 mln so‘mlik oltin savdosiga chek qo‘yildi

212,9 gramm oltinni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar xaridordan 20 ming AQSH dollari va 100 mln so‘m olayotganida qo‘lga olindi.

custom img

Qashqadaryoda haydovchi YPX mashinasini urib, qochishga urindi

Haydovchi ikki chorrahada YPX xodimlarining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, harakatini davom ettirgan.

custom img

“Aybimiz bo‘lsa, uzrimizni so‘raymiz” — Chinoz hokimi

Chinoz tumani hokimi Sherzod Solihov “Sharmandali mahalla” va “Uyatli xonadon” yozuvlari aks etgan video yuzasidan izoh berdi.

custom img

Toshkent aeroportida yo'lovchilar bagajidan vino shishalariga yashirilgan qariyb 7 kg mefedron aniqlandi

Yo‘lovchilar Bangkokdan kelayotgan bo‘lgan.

custom img

Fermer xo‘jaliklarining buxgalteriya hisobini yuritish tartibi belgilandi

Unga ko‘ra, “Soliq-servis” AJning hududiy bo‘limlari ayrim fermer xo‘jaliklariga buxgalteriya va hisobot xizmatlarini bepul ko‘rsatadi.

custom img

Ehtiyojmand oilalarga “svet” va gaz uchun 6 oyda 92,1 mlrd so‘m kompensatsiya to‘landi

Bunda bazaviy me’yor doirasidagi tarif bilan undan oshgan qism uchun belgilangan narx o‘rtasidagi farq qoplab beriladi.

custom img

Sharbat qutisiga yashirilgan 3,15 kg narkotik moddalar topildi

Giyohvandlik vositalari 20 ta o‘ramda bolalar sharbat qutisi ichiga yashirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"