O'zbekiston

Bolalarning 60 foizidan ortig‘i o‘z huquqlarini himoya qila olmaydi

Bola huquqlari bo‘yicha o‘tkazilgan U-Report so‘rovi natijalari e'lon qilindi.

Bolalarning 60 foizidan ortig‘i o‘z huquqlarini himoya qila olmaydi

 


Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva 23 noyabr — Jahon bolalar kuni munosabati bilan bolalar hamda nodavlat notijorat tashkilot vakillari bilan uchrashdi. Unda bola huquqlari bo‘yicha o‘tkazilgan U-Report so‘rovi natijalari e'lon qilindi.

 

So‘rovnomada 1 ming 800 dan ortiq respondent bola huquqlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirgan.

 

 

So‘rov natijalariga muvofiq, respondentlarning to‘rtdan bir qismidan ozrog‘i (22 foiz) bola huquqlari buzilgan taqdirda, ularni qanday himoya qilishni biladi.

 

Baʼzi bolalar o‘z huquqlari haqida gapirishdan uyaladilar (16 foiz) yoki o‘z huquqlarini himoya qilishga harakat qilsalar, jazolanishdan qo‘rqadilar (13 foiz).

 

Bolalarning 60 foizidan ortig‘i, agar ularning huquqlari u yoki bu sabablarga ko‘ra buziladigan bo‘lsa, o‘z huquqlarni himoya qila olmasliklarini aytishgan.

 

Senat majlisining yosh ishtirokchilari bolalarning eng ko‘p buziladigan huquqlari yuzasidan o‘z fikrlarini bildirgan. Unda maktabga bormaslik, iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit, bolalarning yo‘llardagi xavfsizligi, oiladagi zo‘ravonlik hamda o‘smirlarning ruhiy salomatligi masalalariga urg‘u berdi.

 

U-Report so‘rovlari shuni ko‘rsatadiki, qishloq joylarda respondentlarning 70 foizi, shahar va viloyat markazlarida yashovchi respondentlarning 85 foizi internetdan bepul foydalanish imkoniyatiga ega. Senatdagi yig‘ilishda yosh ishtirokchilar internetdagi zararli saytlarga blok qo‘yish hamda internetda bolalar xavfsizligini taʼminlashga jiddiy eʼtibor qaratishni so‘ragan.

 

Avvalroq voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarning bolalar bilan ishlashi qatʼiyan man etilishi xabar qilingan.

custom img

Samarqand hududiy elektr tarmoqlarini turkiyalik investorlar boshqaradi

O‘zbekistonda ilk bor taqsimlash elektr tarmoqlarini investitsiya kiritish sharti bilan xususiy sektor boshqaruviga berish Samarqand viloyatida yo‘lga qo‘yiladi.

custom img

Ruslanbek Davletov yangi lavozimga tayinlandi

Davletov bunga qadar Prezidentning vakillik organlari, NNTlar va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlagan.

custom img

Namanganda IIO xodimiga 3 ming dollar pora berayotgan fuqaro ushlandi

Fuqaro o‘ziga nisbatan to‘plangan hujjatlarni tergovga yubormaslik va bloklangan mablag‘larni chiqarib berish evaziga xodimga pora taklif qilgan.

custom img

Suriyadagi jangarilarga qo‘shilmoqchi shaxs 10 yilga qamaldi

Janubiy Koreyada o‘qish davrida terroristik tashkilotlar ta’siriga tushgan fuqaro internet orqali ularning materiallarini tarqatgan, pul mablag‘lari yuborgan va keyinchalik jangarilar safiga qo‘shilishga uringan.

custom img

Ruslanbek Davletov Prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

Davletovning o‘rniga Olim Davlatovich Davlatov Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

custom img

Qarzi bo‘lmagan 3600 ta xonadonga soliq qarzdorligi hisoblandimi?

Toshkentda ayrim xonadonlar uchun yer solig‘i qayta hisoblanganiga izoh berildi.

custom img

"Madaniyatchilar nima qilsa hamma ergashadi-ku, daraxt ekishni moda qilishsin" — Rasul Kusherboyev

Rasul Kusherboyev daraxt ekishni tug‘ilgan kun va farzandli bo‘lish kabi muhim sanalar bilan bog‘lab, uni yaxshi an’anaga aylantirishni taklif qildi.

custom img

Andijonda qizlarni Turkiyaga fohishalikka olib ketishga uringan ayollar ushlandi

Ular qizlarni yuqori maoshli ish taklifi bilan aldab, Turkiyaga olib ketmoqchi bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"