O'zbekiston

Namanganda qizamiqqa chalingan bolalar soni keskin oshib ketgani rostmi?

Sanepidqo'mita ushbu xabarlarga munosabat bildirdi.

Namanganda qizamiqqa chalingan bolalar soni keskin oshib ketgani rostmi?

 

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Namangan viloyatida qizamiqqa chalingan bolalar soni keskin oshib ketayotgani aytilgan xabarlarga munosabat bildirdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Namangan viloyatida qizamiq kasalligi bilan gumon qilingan bemorlarni statsionar davolash uchun 340 shifo o‘rin tashkil etilgan bo‘lib, bundan 240 tasi viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida, 100 tasi viloyatning Beshkapa bolalar sihatgohida joylashgan.

 

Shundan, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 240 o‘rinda 235 ta bemor davolanmoqda, 5 shifo-o‘rni zaxirasi mavjud, Beshkapa bolalar sihatgohida 100 o‘rinda ikki yoshdan yuqori bemorlardan 20 nafari davolanmoqda, 80 shifo-o‘rni zaxirasi mavjud. 

 

Hozirgi kunda, viloyatda jami 85 shifo-o‘rni zaxirasi bor, 285 ta bemordan 62 foizi 1 yoshgacha bolalar, 25 foizi 1-3 yoshdagi bolalar. Viloyatda diagnostikum, reagent va vaksinalarning yetarli miqdordagi zaxirasi yaratilgan.

 

Viloyatga 9500 doza qizamiq-qizilcha vaksinasi berilgan bo‘lib, jami 1936 nafar bola epidemiologik ko‘rsatma asosida qizamiq kasalligiga qarshi vaksina bilan emlangan. 

 

Hozirda davolash profilaktika muassasalari emlash xonalarida 310 doza qizamiq-qizilcha vaksinasi zaxirasi mavjud.

 

2023-yil 10 oyi davomida viloyat bo‘yicha jami 735 ta qizamiq kasalligi laboratoriya tekshiruvida tasdiqlangan.

 

Ta’kidlanishicha, noyabr oyida davlat budjeti hisobidan 3 million doza qizamiqqa qarshi vaksinalar xarid qilingan. Ushbu vaksinalar epid ko‘rsatma bo‘yicha emlanadigan qatlam, maʼlum sabablarga ko‘ra emlashdan qolib ketgan bolalar hamda xavf guruhiga kiruvchi, qizamiq kasaliga chalingan bemor bilan muloqot qilgan 6 oydan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarni emlash uchun mo‘ljallangan va ayni vaqtda hududlarga tarqatilmoqda.

custom img

Toshkentda havo transportida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Mashg‘ulotda qutqaruv xizmatlarining tezkorligi, o‘zaro hamkorligi va jabrlanganlarni evakuatsiya qilish jarayoni sinovdan o‘tkazildi.

custom img

Qurilish sohasi Yangi O‘zbekiston qiyofasini belgilamoqda — Shavkat Mirziyoyev

Prezident quruvchilar, me’morlar, muhandislar va soha faxriylarini Qurilish sohasi xodimlari kuni bilan muborakbod etdi.

custom img

Bokschi Qudratillo Abduqahhorov AQSHda hibsga olingani haqidagi xabarlarni rad etdi

Sportchi ayni paytda O‘zbekistonda ekanini ma’lum qildi.

custom img

O‘zbekistonda bolaga otasining ismini familiya sifatida berishga ruxsat beriladi

Senatorlar bu o‘zgarish milliy va diniy an’analarni hisobga olishga xizmat qilishini ta’kidladi.

custom img

30 yildan ortiq xizmat qilgan harbiylarning pensiyasi 100 foizgacha oshiriladi

Senat harbiy xizmatchilar va ularning oilalariga pensiya tayinlash tartibini belgilovchi qonunni ma’qulladi.

custom img

O‘zbekistonda botanika bog‘lariga tashriflar soni 3,8 barobarga oshdi

2026-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda 3 ta botanika bog‘i faoliyat yuritmoqda.

custom img

O‘zbekistonlik bokschi AQSHda hibsga olinib, deportatsiya qilindi

Bokschining so‘zlariga ko‘ra, u qamoqxonada 45 kun saqlangan.

custom img

Toshkentda “zakladka” usulida narkotik tarqatgan shaxslar ushlandi

Tezkor tadbirlar davomida 3 kilogrammdan ortiq narkotik moddalar aniqlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"