Senat O‘zbekistonda aralash saylov tizimiga o‘tishni ma’qulladi
Bu tizimda saylov okruglari bir mandatli va yagona saylov okruglariga bo‘linadi.

Ko‘rib chiqilgan Konstitusiyaviy Qonunga ko‘ra Qonunchilik palatasi saylovi majoritar-proporsional (aralash) saylov tizimi asosida o‘tkaziladi.
Bu tizimda saylov okruglari bir mandatli va yagona saylov okruglariga bo‘linadi. Unda Qonunchilik palatasining 75 nafar deputati majoritar saylov tizimi asosida bir mandatli saylov okruglaridan, qolgan 75 nafari proporsional saylov tizimi (partiyalar ro‘yxati) asosida siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar bo‘yicha yagona saylov okrugidan saylanishi nazarda tutilgan.
Yana bir muhim masala – siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlar ko‘rsatilayotganda ayollar sonining eng kam miqdorini nomzodlar umumiy sonining 30 foizidan 40 foiziga oshirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.







