Yaponiya bosh vaziri qarorgohni tark etdi
Buning sabablari noma’lumligicha qolmoqda.

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida tushunarsiz sabablarga ko‘ra payshanbadan jumaga o‘tar kechani o‘z qarorgohida emas, balki mehmonxonada o‘tkazdi, deya xabar bermoqda Kyodo agentligi hukumat bosh kotibi o‘rinbosari Xirosi Moriyaga tayanib.
"Vaqtinchalik chora sifatida biz bosh vazirdan mehmonxonada tunashini so‘radik. 24 noyabr kuni, 24 soat ichida u rezidensiyaga qaytadi", — dedi Moriya.
Payshanba kuni kechqurun Kisida o‘z qarorgohida hozirda parlamentda muhokama qilinayotgan qo‘shimcha byudjet loyihasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.







