Rossiyada daraxtlar “harakatlanmoqda”
Magnit maydon o‘zgarishi sabab ular o‘z joyidan 2-5 sm siljimoqda.

Maʼlumotlarga ko‘ra, davriy inventarizatsiya paytlarida daraxtlar yiliga asl joyidan 2-5 santimetrgacha siljishi ro‘y bergan. Bu jarayon yer geomagnit qutbiy maydonlarining harakati bilan izohlanadi.
Mutaxassislar mamlakatning turli nuqtalaridagi o‘rmonlardagi daraxtlarni o‘rganishdi. Ular bir nechta daraxtlar asl joyiga nisbatan ko‘chib qolayotganini payqagan.
Ularga baʼzi daraxtlar inventarizatsiya boshlangan paytdan buyon 20 smga, baʼzilari yarim metrgacha siljib qolgani maʼlum. O‘rtacha harakatlanish yiliga 2-5 sm tezlikda kechmoqda. Qarag‘ay, archa va qayinlar, yosh eman va boshqa daraxtlardan tezroq “yurish”ni amalga oshirmoqda.
Qutbiy geomagnit maydonlarning o‘zgarishida daraxtlarning siljib yurishi haqidagi ilmiy nazariyalar fanda mavjud, ammo amaliyotda ularni monitoring qilishga hali qo‘l urilmagandi.





