G‘azodagi sulh uzaytirildi
Maʼlumotni HAMAS guruhi tasdiqladi.

Qatar Isroil va HAMAS o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv yana ikki kunga uzaytirilgani haqida xabar berdi.
Avvalroq HAMAS Isroil bir kun o‘t ochmaslik evaziga 10 nafar garovdagilarni qo‘yib yuborishni vaʼda qilgani, muvaqqat sulhni shunday sxemada davom ettirishni taklif qilgani aytilgandi.





