Qozog‘iston — O‘zbekiston o‘rtasida yangi temiryo‘l qurilmoqda
Uning uzunligi 152 km bo‘ladi.

Turkiston viloyatida 152 km uzunlikdagi Darboza – Maqtaoral yangi temiryo‘l liniyasi qurilishi boshlandi.
Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart Toqayev topshirig‘i bilan respublikaning transport-tranzit salohiyatini yana-da rivojlantirishga qaratilgan yirik infratuzilma loyihasi amalga oshirilmoqda. Uning doirasida Qozog‘iston-O‘zbekiston davlat chegarasi orqali yangi nazorat-o‘tkazish punkti ochiladi.
Yangi temiryo‘l liniyasining qurilishi mavjud Saryog‘och – Toshkent uchastkasidan yuklarni yangi liniyaga yo‘naltirish, O‘zbekiston bo‘yicha eksport tashish hajmini oshirish imkonini beradi. Bundan tashqari, loyiha Turkiston viloyatini respublikaning asosiy temiryo‘l tarmog‘iga ulaydi.
Hukumat rahbari yil oxiriga qadar O‘zbekiston bilan yuk tashish hajmi qariyb 31 million tonnani tashkil etishi rejalashtirilganini, bu o‘tgan yilga nisbatan 16 foizga yuqori ekanligini taʼkidlagan.
Ikkinchi bosqichda shu stansiyaga chiqish imkoniyati bo‘lgan O‘zbekiston davlat chegarasi – Yettisoy filiali foydalanishga topshiriladi. Jami 152 km temiryo‘l quriladi. Loyihani amalga oshirish uchun 19,7 ming tonna rels, shuningdek, 280 ming dona temir-beton shpal va relsli mahkamlagichlar xarid qilish rejalashtirilgan.
Yangitemir yo‘l liniyasining qurilishi 3400 ish o‘rni yaratish imkonini beradi. Loyihada Qozog‘iston ulushi 85 foizni tashkil etadi.
Taʼkidlanishicha, Darbaza – Maqtaaral liniyasi Turkiston viloyatining ikki chekka tumani – Maktaaral va Yettisoyni Qozog‘istonning qolgan qismi bilan bog‘laydi.







