Somalida yog‘ingarchilik qurbonlari soni 100 ga yaqinlashdi
Aholi bunday sharoitda kasalliklarning paydo bo‘lishidan xavotirda.

Somalida kuchli yomg‘irdan keyingi suv toshqini oqibatida qurbonlar soni 96 kishiga yetdi.
Sharqiy Afrikaning qolgan mamlakatlari singari "El Nino" hodisasi sabab Somalida ham oktyabr oyidan boshlab tinimsiz kuchli yomg‘ir yog‘di. Bu esa butun mamlakat bo‘ylab keng ko‘lamli suv toshqinlari va ko‘chkilarni keltirib chiqardi. Shuningdek, mavjud bo‘lgan gumanitar inqirozni kuchaytirdi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti maʼlumotlariga ko‘ra, bu so‘ngi o‘n yillikdagi eng dahshatli suv toshqini sabab 700 mingga yaqin odam uyini tashlab ketgan. Aholi bunday sharoitda kasalliklarning paydo bo‘lishidan xavotirda.







