Xushxabar: sirdaryoliklar “svet” muammosidan qutilmoqda
Shirin shahri va Boyovut tumanlarida jami quvvati 1500 MVt bo‘lgan zamonaviy issiqlik elektr stansiyasining dastlabki bosqichi tarmoqqa ulandi.

Shirin shahri va Boyovut tumanlarida jami quvvati 1500 MVt bo‘lgan zamonaviy issiqlik elektr stansiyasining dastlabki bosqichi tarmoqqa ulandi.
Ushbu loyiha Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hisobiga amalga oshirildi. “Mitsubishi” (Yaponiya) kompaniyasining dunyodagi eng zamonaviy va energiya tejamkor gaz turbinalari o‘rnatildi.
Bu stansiyada ishlab chiqarilgan elektr energiyasi O‘zbekistondagi barcha aholining (!) qariyb 8 oylik isteʼmolini qoplash imkonini beradi.







