O‘zbekistonning birinchi xonimi Qatarda xalqaro innovatsion sammitda ishtirok etdi
O‘zbekiston prezidentining rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva Qatarda bo‘lib o‘tgan XI Taʼlim bo‘yicha xalqaro innovatsion sammitda ishtirok etdi.


O‘zbekiston prezidentining rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva Qatarda bo‘lib o‘tgan XI Taʼlim bo‘yicha xalqaro innovatsion sammitda ishtirok etdi.
Ushbu yirik anjuman 2011-yildan buyon Qatar Davlati Taʼlim, fan va ijtimoiy taraqqiyot fondi (Qatar Foundation) raisi shayxa Muza bint Nosir al-Misnad shafeligida o‘tkazib kelinmoqda. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad – siyosat, tadqiqotlar, yetakchilik kabi sohalarda tashabbuslarni ilgari surish orqali taʼlimda innovatsion dasturlarni yaratishdir.


Bu yilgi tadbir “Sunʼiy intellekt davrida inson ijodkorligi” mavzusiga bag‘ishlandi. 29 noyabr kuni sammitning asosiy tadbirlarida yuqori darajadagi mehmonlar, jumladan, xorijiy davlatlar vazirlari, taʼlim va ijtimoiy sohalar ekspertlari qatnashdi.
Bu sammitdagi ishtirok so‘nggi yillarda jadal rivojlanib borayotgan O‘zbekiston bilan Qatar o‘rtasidagi hamkorlikning yana bir ifodasi bo‘ldi.











