O'zbekiston

So‘nggi 7 yilda 21 ta zamonaviy bekatlar foydalanishga topshirildi

“Qo‘yliq — Quruvchilar” yo‘nalishi ishga tushgandan so‘ng 220 ming aholi metropoliten bilan qamrab olindi.

So‘nggi 7 yilda 21 ta zamonaviy bekatlar foydalanishga topshirildi

 

Ko‘p millionlik aholi istiqomat qiluvchi yirik shaharlarda yo‘lovchilarni tez va qulay manzillariga yetkazish dolzarb masala hisoblanadi. Buning samarali yechimlaridan biri – metropoliten transporti hisoblanadi. Aynan metropoliten ko‘p sonli yo‘lovchilarni katta hajmda tezlik bilan tashish imkoniyatini beradi.

 

 

Toshkentda aholi soni, avtoulovlarning o‘sishi va tirbandliklar paydo bo‘lishi fonida jamoat transportining, nafaqat eng tez, balkim eng ekologik toza turlaridan biri – metroni rivojlantirishga so‘nggi yillarda mamlakatimiz rahbariyati tomonidan alohida eʼtibor qaratilmoqda.

 

Bunga yana bir yaqqol misol – shu yilning 21 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent metropolitenida xizmatlar sifatini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari metro xizmatlari sifatini oshirish, harakat qulayligi va xavfsizligini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Yangi vagonlar olib kelib, foydalanish muddati o‘tganlarini yangilash, ikki daqiqali intervalni taʼminlash zarurligi taʼkidlandi.

 

 

Bu quyidagi misollarda yaqqol namoyon buladi. 1972 yilda Toshkent metropoliteni qurilishi boshlanib, mustaqillik davrgacha umumiy uzunligi 30 kilometrlik Chilonzor va O‘zbekiston yo‘nalishlarida 23 stansiya mavjud bo‘lgan.

 

Undan keyingi 27 yilda (1991-2017 yillarda) faqatgina Yunusobod yo‘nalishining bir qismi qurilib, 6 ta bekat ishga tushirilgan (liniyalar uzunligi 38 kilometrga yetgan). O‘sha davrlarda jami 49 ta metro poyezdlari harakatlanib, 2001 yildan beri yangi vagonlar olib kelinmagan edi.

 

So‘nggi 7 yilda esa Toshkent metropoliteni infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida qo‘shimcha yer osti va yer usti metro yo‘nalishlari hamda metropoliten bekatlari barpo etib kelinmoqda.

 

 

Ushbu davr ichida jami 32 kilometr metro yo‘nalishlari qurilib, 21 ta zamonaviy metro bekatlari foydalanishga topshirildi.

 

Bunda, yillar davomida cho‘zilib kelgan Yunusobod yo‘nalishining oxirgi 2 ta stansiyasi qisqa muddatlarda qurib bitkazildi hamda 19 ta stansiyani o‘z ichiga oluvchi Sergeli va halqa yer usti yo‘nalishlari foydalanishga topshirildi.

 

2023 yilda yil Toshkent yer usti halqa metrosining ikkinchi bosqichi doirasida uzunligi 8,5 km bo‘lgan 5 ta bekatdan iborat “Qo‘yliq-Quruvchilar” qismi foydalanishga topshirildi.

 

 

Hozirda metroning ushbu yo‘nalishida kuniga 45 ming yo‘lovchilar tashilib, Yashnobod, Mirobod, Sergeli va Yangihayot tumanlaridagi 55 ta mahallada yashovchi 220 ming aholi metropoliten bilan qamrab olindi.

 

“Quruvchilar-Qipchoq” qismida qurilish yakunlanib, 2 ta metro bekati (13-14-bekatlar) ishga tushirilishi natijasida Sergeli va Yangihayot tumanlaridagi yana 7 ta mahallada yashovchi 31 ming aholi metropoliten bilan qamrab olinadi. Bunda, Yer usti halqa metro liniyasi Sergeli yo‘nalishi bilan bog‘lanadi.

 

Natijada, metropoliten umumiy uzunligi 70 kilometrga, bekatlar soni 50 taga, qo‘shimcha 10 mingdan ziyod yo‘lovchilar hisobiga kunlik yo‘lovchilar oqimi 650 ming nafarga yetkaziladi (ilgari kuniga 480 ming tashilgan).

 

 

15 ta yangi metro poyezdlari xarid qilindi va kelgusi yilda qo‘shimcha 40 ta yangi metro poyezdlari olib kelinadi. Natijada kunning tig‘iz vaqtida poyezdlar kelish vaqti avvalgi 5-7 daqiqadan 2 daqiqagacha qisqardi.

 

Pensionerlarga 1 apreldan metropolitendan foydalanish uchun bepul xizmat ko‘rsatilmoqda. Joriy yil sentyabrdan – yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan tig‘iz vaqtlarda poyezdlar intervali Chilonzor yo‘nalishida 1,5 daqiqagacha, O‘zbekiston yo‘nalishida – 3-3,5 daqiqaga qisqartirildi (oldin 10-15 daqiqa bo‘lgan).

custom img

Samarqand hududiy elektr tarmoqlarini turkiyalik investorlar boshqaradi

O‘zbekistonda ilk bor taqsimlash elektr tarmoqlarini investitsiya kiritish sharti bilan xususiy sektor boshqaruviga berish Samarqand viloyatida yo‘lga qo‘yiladi.

custom img

Ruslanbek Davletov yangi lavozimga tayinlandi

Davletov bunga qadar Prezidentning vakillik organlari, NNTlar va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlagan.

custom img

Namanganda IIO xodimiga 3 ming dollar pora berayotgan fuqaro ushlandi

Fuqaro o‘ziga nisbatan to‘plangan hujjatlarni tergovga yubormaslik va bloklangan mablag‘larni chiqarib berish evaziga xodimga pora taklif qilgan.

custom img

Suriyadagi jangarilarga qo‘shilmoqchi shaxs 10 yilga qamaldi

Janubiy Koreyada o‘qish davrida terroristik tashkilotlar ta’siriga tushgan fuqaro internet orqali ularning materiallarini tarqatgan, pul mablag‘lari yuborgan va keyinchalik jangarilar safiga qo‘shilishga uringan.

custom img

Ruslanbek Davletov Prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

Davletovning o‘rniga Olim Davlatovich Davlatov Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

custom img

Qarzi bo‘lmagan 3600 ta xonadonga soliq qarzdorligi hisoblandimi?

Toshkentda ayrim xonadonlar uchun yer solig‘i qayta hisoblanganiga izoh berildi.

custom img

"Madaniyatchilar nima qilsa hamma ergashadi-ku, daraxt ekishni moda qilishsin" — Rasul Kusherboyev

Rasul Kusherboyev daraxt ekishni tug‘ilgan kun va farzandli bo‘lish kabi muhim sanalar bilan bog‘lab, uni yaxshi an’anaga aylantirishni taklif qildi.

custom img

Andijonda qizlarni Turkiyaga fohishalikka olib ketishga uringan ayollar ushlandi

Ular qizlarni yuqori maoshli ish taklifi bilan aldab, Turkiyaga olib ketmoqchi bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"