Germaniyaning Yekaterinburgdagi konsulligi yopildi
Rossiyada Germaniyaning to‘rtta bosh konsulligi mavjud edi.

Avvalroq Kaliningraddagi Bosh konsullik o‘z faoliyatini to‘xtatgan edi.
May oyida Germaniya tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Germaniyadagi beshta bosh konsulligidan to‘rttasi va Germaniyaning Rossiyadagi to‘rtta bosh konsulligidan uchtasi (Novosibirsk, Yekaterinburg va Kaliningrad) yopilishini eʼlon qilgandi.





