Salomatlik

O‘tgan yili dunyoda 630 ming odam OIV bilan bog‘liq kasalliklar sabab vafot etgan

Bugun — Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni.

O‘tgan yili dunyoda 630 ming odam OIV bilan bog‘liq kasalliklar sabab vafot etgan

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda BMT bosh Assambleyasining 1988 yilidagi qaroriga asosan, 1 dekabr Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi.

 

OIV infeksiyasi hozirgi kunda barcha mamlakatlar uchun global muammoga aylangan. 2022 yilda dunyoda taxminan 39 million nafar OIV bilan yashovchi odamlar ro‘yxatga olingan, ularning uchdan ikki qismi Afrika mintaqasi aholisidir.

 

Shuningdek, o‘tgan yili 630 000 odam OIV bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra vafot etgan va 1,3 millionta yangi OIV yuqish holatlari qayd etilgan.

 

Bu esa, o‘z navbatida inson salomatligi, mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda xavfsizligiga rahna solayotir.

 

Mamlakatimizda OITSga qarshi kurash tizimi oxirgi yillarda barcha yo‘nalishlarda qator yutuqlarga erishib kelmoqda. Bu esa BMTning OIV va OITS bo‘yicha qo‘shma dasturining dunyo miqyosida tan olingan “95-95-95” strategik maqsadlariga erishishda katta ahamiyat kasb etadi.

 

So‘nggi yillarda butun dunyoda OITSning jinsiy yo‘l bilan yuqish darajasi ortib bormoqda. Bu holat, afsuski, mamlakatimizda ham kuzatilyapti. Masalan, o‘tgan yili ro‘yxatga olingan bemorlarning 79 foiziga kasallik jinsiy aloqa yo‘li orqali yuqqanligi gumon qilingan.

 

JSST tomonidan bemorlarni virusga qarshi davolash kasallikning bosqichidan qatʼiy nazar, u aniqlangan kundan boshlanishi zarurligi tavsiya etiladi.

 

Shu yilning uchinchi choragi yakuniga ko‘ra, yurtimizda OIV infeksiyali bemorlarning 83 foizi davolashning dunyoda tan olingan usuli — antiretrovirus muolajalar bilan qamrab olingan. Ular uchun zarur preparatlar xarajatlarining qariyb 80 foizi Davlat byudjeti mablag‘lari, qolgan 20 foizi esa xalqaro fondlar hisobidan qoplanmoqda.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"