Salomatlik

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘ona viloyatida 8–12-iyun kunlari “Ezgulik manzili” nomli tibbiy xayriya aksiyasi tashkil etiladi. Tadbir Farg‘ona viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bo‘lib o‘tadi.

 

Aksiya bolalar salomatligini mustahkamlash, ularga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish hamda murakkab kasalliklarga chalingan bolalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilmoqda.

 

Tadbir doirasida respublikaning yetakchi shifokorlari va tor soha mutaxassislari tomonidan bolalar uchun bepul tibbiy ko‘rik va maslahatlar o‘tkaziladi. Shuningdek, zamonaviy diagnostika tekshiruvlari, davolash muolajalari hamda zarur hollarda murakkab jarrohlik amaliyotlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

 

Bundan tashqari, ota-onalarga bolalarda uchraydigan kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar ham beriladi.

 

Tashkilotchilar ta’kidlashicha, xayriya aksiyasidan ko‘zlangan asosiy maqsad bolalarning sog‘lig‘ini tiklashga ko‘maklashish va ularning sog‘lom hamda baxtli kelajagiga hissa qo‘shishdan iborat.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"