Salomatlik

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

So‘nggi vaqtlarda dunyo bo‘ylab COVID-19’ning “Sikada” (BA.3.2) deb nomlangan yangi shtammi tarqalayotgani haqida xabarlar berilmoqda. Ushbu vaziyatga mutaxassis tomonidan izoh berildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JST) ushbu mutatsiya hozirga qadar AQSH, Gonkong, Mozambik va Buyuk Britaniya kabi jami 23 ta davlatda qayd etilganini bildirgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga  Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekov izoh berdi.

 

Uning ta’kidlashicha, BA.3.2 shtammi yaqinda aniqlangan emas va u tez tarqalmasligi bilan ajralib turadi. Shu xususiyati sababli unga uzoq vaqt “uyquda” bo‘ladigan hasharot — “sikada” nomi berilgan.

 

Mutaxassisga ko‘ra, JST hozircha ushbu shtamm keng tarqalishi yoki jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkinligi bo‘yicha asosli xulosa chiqarmagan. Shuningdek, uning boshqa shtammlarga nisbatan xavfliroq ekaniga oid yetarli dalillar mavjud emas.

 

Dastlabki tahlillar “Sikada” shtammi klinik jihatdan “Omikron” variantiga o‘xshash kechishini ko‘rsatmoqda. U nafas yo‘llari zararlanishi, jumladan burun bitishi, yo‘tal, tomoq og‘rig‘i, qizarish, ayrim hollarda hid va ta’mni sezmaslik kabi alomatlar bilan namoyon bo‘lishi mumkin.

 

Mutaxassisning ta’kidlashicha, ushbu virus kattalarga nisbatan bolalar orasida ko‘proq uchrashi mumkin. Bu, asosan, pandemiya davrida katta yoshdagilarning aksariyati emlangani va ularda immunitet shakllangani bilan izohlanadi. Shu bilan birga, avval koronavirus bilan kasallanmagan bolalarda kasallikka qarshi antitanachalar hali to‘liq shakllanmagan bo‘ladi.

 

Bundan tashqari, surunkali kasalliklarga ega shaxslar, nafas yo‘llari xastaliklari bilan og‘riganlar, immuniteti past va keksa yoshdagilar uchun xavf saqlanib qoladi.

 

Mutaxassislar virus aniqlangan hududlardan qaytgan shaxslar bilan muloqotni cheklashni tavsiya etmoqda. Biroq, ularning fikricha, “Sikada” shtammi epidemiya yoki pandemiyaga sabab bo‘lishi ehtimoli past.

 

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lib qolmoqda. Aholining qariyb 80 foizida jamoaviy immunitet shakllangani bu borada muhim omil sifatida ko‘rsatilmoqda. 

 

Avvalroq koronavirusning mazkur shtammi bilan kasallanganlar AQSH, Buyuk Britaniya, Gonkong va Mozambikda qayd etilgani haqida xabar berilgandi.

 

 

 

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

custom img

Surunkali bel og‘rig‘idan qutulish yo‘li topildi

Yurish bel og‘rig‘i xavfini kamaytiradi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"