Siyosatdagi xonimlar go‘zalligi uchun qancha pul sarflaydi?

Bu borada Germaniya hukumatidagi ayollar yetakchilik qiladi.

Siyosatdagi xonimlar go‘zalligi uchun qancha pul sarflaydi?

 

Go‘zallik qurbonlik emas, balki yaxshigina mablag‘ ham talab etadi. Silliq teri, jilvakor sochlar, ulama kiprik, ajinlarsiz yuz — bular hali uzoq davom etishi tabiiy. Ammo betakror go‘zallikka yulduzlar bilan bir qatorda siyosatchi ayollar ham kattagina xarajat qiladi.

 

Bundestag prezidentining sochi va bo‘yanishi uchun g‘aznadan 13 ming yevro sarflandi

 

Bundestag prezidenti Berbel Basning sochi va bo‘yanishi uchun Germaniya davlat g‘aznasidan 2022 yil 13 ming yevrodan ortiq mablag‘ sarflangan.

 

Tegishli summa “Germaniya uchun alternativ” partiyasining so‘rovi tufayli oshkor qilindi. Jumladan, birgina 2022 yilda “vizajistlar, kosmetologlar va grimyorlar”ga 13 270 yevro — oyiga ming yevrodan ortiq sarflangan. Bundan tashqari, 2023 yilda ushbu xizmatlar uchun 11 970 yevro to‘langan.

 

Nemis siyosatchilari Bas lavozimga kelganidan keyingi dastlabki bir necha oy ichida (2021 yil oktyabr oyi oxirida) uning tashqi ko‘rinishi uchun g‘aznadan atigi 457 yevro sarflanganini aniqladi. U lavozimga kirishgunga qadar bu sohalardagi xarajatlar 2017-2020 yillarda 0 yevroni tashkil qilgan. Biroq prezidentning tashqi ko‘rinishi boshqa siyosatchilarni ham tashvishga solmoqda.

 

Isteʼfodagi sobiq kanslerning go‘zalligi uchun 55 ming yevro

 

Germaniya hukumati 2021 yilda lavozimidan ketganidan beri mamlakatning sobiq kansleri Angela Merkelning sochi va bo‘yanishiga deyarli 55 ming yevro ajratgan.

 

Germaniyaning yuqori lavozimidan deyarli ikki yil oldin ketganiga qaramay, federal hukumat Merkelning hali ham bir nechta xarajatlarini qoplamoqda. 

 

Aytilishicha, federal hukumat Merkelning soch va bo‘yanishi uchun ham davlat, ham xususiy tadbirlar uchun to‘laydi. Merkel 2023 yilda 17 200 yevro (taxminan 221 million so‘m) va 2022 yilda 37 780 yevro (taxminan 485 million so‘m) olgan. 

 

Bu Berlindagi sobiq hukumat rahbarining chiroyli ko‘rinishi uchun ular oyiga taxminan 3000 yevro to‘lashlarini anglatadi. Agar stilist Merkel bilan uchrashuvlarga hamroh bo‘lsa, bu uning sayohati va mehmonxonada yashashi uchun ketadigan xarajatlarni o‘z ichiga oladi.

 

Soliq to‘lovchilar assotsiatsiyasi prezidenti Rayner Golsnagelning so‘zlariga ko‘ra, amaldorlarning soch turmagi va bo‘yanish xizmatlari narxining oshishi o‘tmishda baʼzi tanqidlarga sabab bo‘lgan.

 

Germaniya TIV rahbari eng boy vazir

 

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok 2022 yilda stilist xizmatiga taxminan 136,5 ming yevro sarflagan. U stilistga kuniga 8925 yevro miqdorida pul to‘lagan.

 

2023 yilning birinchi yarmida sartaroshlar, vizajistlar, kosmetologlar va fotograflar xizmatlari uchun Germaniya kabinetining xarajatlari deyarli 500 ming yevroni tashkil qilgan. 

 

Nashrning qayd etishicha, o‘tgan yili Berbok stilist xizmati uchun kuniga 8925 yevro (taxminan 117 million 210 ming so‘m) ishlatgan.

 

custom img

Tailandda turistlar uchun yangi yig‘im: xorijlik sayyohlardan 13,5 dollar undirilishi mumkin

Yig‘imni undirishni 2027-yilning birinchi choragidan boshlash rejalashtirilmoqda.

custom img

Xitoy va AQSh savdo bojlarini 30 mlrd dollarga kamaytirishga kelishdi: tomonlar AI bo‘yicha muloqot boshlaydi

Kelishuv XXR raisining Vashingtonga uch kunlik tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan sakkiz bandli konsensus doirasida tuzilgan.

custom img

Surxondaryoda yer oldi-sotdisi ortidan mojaro: 32 yoshli erkakni kaltaklab o‘ldirgan besh kishi qamaldi

Ularga 4 yildan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Namangan bog‘chasidagi jinsiy zo‘ravonlik: jinoyat ishi prokuraturaga o‘tkazildi

Tergov ustidan nazorat shaxsan Bosh prokuror tomonidan o‘rnatilgan.

custom img

Afinada bino portladi: olti kishi halok bo‘ldi

Portlash gaz infratuzilmasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

custom img

Bog‘chadagi jinsiy zo‘ravonlik holati: Bolalar ombudsmani vazirlikka taqdimnoma kiritdi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan bog‘chalarda bolalar xavfsizligini taʼminlash choralarini kuchaytirish talab qilindi.

custom img

Samimiy murojaat: Muhammedaliga Prezident maktub va sovg‘a

Qoraqalpog‘istonga tashrif davomida Muhammedali ismli bolaning Prezidentga samimiy murojaati va Vatanga bo‘lgan mehri aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan edi.

custom img

Hurmuz blokadasi tufayli 45 mln kishi oziq-ovqat tanqisligiga duch kelishi mumkin — BMT

Hurmuz bo‘g‘ozidagi o‘g‘it yetkazib berishidagi uzilishlar global oziq-ovqat ta’minotiga xavf tug‘dirmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"