Jahon

Xitoy va AQSh savdo bojlarini 30 mlrd dollarga kamaytirishga kelishdi: tomonlar AI bo‘yicha muloqot boshlaydi

Kelishuv XXR raisining Vashingtonga uch kunlik tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan sakkiz bandli konsensus doirasida tuzilgan.

Xitoy va AQSh savdo bojlarini 30 mlrd dollarga kamaytirishga kelishdi: tomonlar AI bo‘yicha muloqot boshlaydi

Xitoy va AQSh o‘rtasida o‘zaro bojlarni 30 mlrd dollarga kamaytirish hamda sun’iy intellekt bo‘yicha muloqot boshlash to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligiga tayanib, Reuters xabar berdi.

 

Kelishuv XXR raisi Si Szinpinning Vashingtonga tashrifi davomida erishilgan sakkiz banddan iborat konsensus doirasida tuzilgan. Tomonlar, shuningdek, savdo kengashini tashkil etish va Kuala-Lumpurdagi avvalgi muzokaralar natijalarini davom ettirishga kelishib olgan.

 

Avvalroq Xitoy va AQSh noyabr oyining 10-kunida yakunlanishi kerak bo‘lgan savdo sulhini yana ikki oyga uzaytirgan edi. AQSh Moliya vaziri Skott Bessentga ko‘ra, bu kattaroq savdo kelishuvini ishlab chiqish uchun qo‘shimcha vaqt beradi.

 

Si Szinpin va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasidagi uch kunlik sammit juma kuni yakunlangan. Sammitdan so‘ng Si Szinpin Pekinga qaytgan.

 

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalari bo‘yicha ikki davlat o‘rtasidagi almashinuvlarni kuchaytirish va yangi texnologik o‘zgarishlar asosida umumiy kelishuvga erishish zarurligini bildirgan.

 

Tomonlar Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) yetakchilari yig‘ilishi hamda G20 sammitini o‘tkazishda bir-birini qo‘llab-quvvatlashga ham kelishgan. Har ikki davlat rahbari boshqa tomon mezbonlik qiladigan ushbu tadbirlarda qatnashishni rejalashtirmoqda.

 

Tashqi siyosat masalasida tomonlar Eron yadro qurolini ishlab chiqmaslik bo‘yicha majburiyatini bajarishi kerakligiga kelishgan. Shuningdek, xalqaro suv yo‘llarida hech bir davlat yoki tashkilot tranzit to‘lovlari joriy qilmasligi kerakligi qayd etilgan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.