Jahon

Afinada bino portladi: olti kishi halok bo‘ldi

Portlash gaz infratuzilmasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Afinada bino portladi: olti kishi halok bo‘ldi

Afinaning sayyohlar gavjum Plaka hududida ikki qavatli turar joy binosi portlash oqibatida qulab tushdi. Hodisa natijasida olti kishi halok bo‘lgan.

 

Gretsiya yong‘in xavfsizligi xizmati ma’lumotiga ko‘ra, qutqaruvchilar vayronalar ostidan olti kishining jasadini topgan. Ular bir xonadonda yashagan keksa er-xotin va boshqa xonadonda istiqomat qilgan to‘rt nafar sayyoh bo‘lgan.

 

Portlash sabablarini aniqlash uchun yong‘in xavfsizligi xizmatining tergov bo‘linmasi voqea joyida ish olib bormoqda. Hududda gaz hidi sezilgani haqida xabarlar kelib tushgan. Afina meri portlash gaz infratuzilmasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini bildirgan.

 

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lgan sayyohlar ikki amerikalik juftlik bo‘lgan. Ular juma kuni soat 15:00 da Afinadan parvoz qilishi kerak edi, biroq aeroportga kelmagan.

 

Portlash natijasida yaqin atrofdagi uylar, do‘konlar va avtomobillarga ham zarar yetgan. Bino qoldiqlari va singan oynalar uch kvartalgacha bo‘lgan hududga sochilib ketgan.

 

Voqea Afinaning Akropol va Zevs ibodatxonasi kabi mashhur sayyohlik maskanlari yaqinida sodir bo‘lgan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.