O'zbekiston

Namangan bog‘chasidagi jinsiy zo‘ravonlik: jinoyat ishi prokuraturaga o‘tkazildi

Tergov ustidan nazorat shaxsan Bosh prokuror tomonidan o‘rnatilgan.

Namangan bog‘chasidagi jinsiy zo‘ravonlik: jinoyat ishi prokuraturaga o‘tkazildi

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida voyaga yetmagan shaxs zo‘rlangani holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) va 112-moddasi (o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Jinoyat ishi doirasida bir nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

 

Hozirda jinoyat ishi Namangan viloyati prokuraturasining ish yurituviga o‘tkazilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov ustidan nazorat shaxsan Bosh prokuror tomonidan o‘rnatilgan.

 

Prokuratura tomonidan jinoyat ishi har tomonlama, to‘liq va xolisona tergov qilinishi hamda voyaga yetmagan jabrlanuvchining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi ta’minlanishi bildirildi.

 

Jinoyatga aloqadorlik, holatlarni yashirish yoki mas’ul shaxslarning harakatsizligi bilan bog‘liq aniqlangan har bir holatga qonunchilikda belgilangan tartibda huquqiy baho berilishi qayd etilgan.

 

Tergov natijalari haqida qonunchilikda belgilangan tartibda ma’lumot beriladi.

custom img

Surxondaryoda yer oldi-sotdisi ortidan mojaro: 32 yoshli erkakni kaltaklab o‘ldirgan besh kishi qamaldi

Ularga 4 yildan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Bog‘chadagi jinsiy zo‘ravonlik holati: Bolalar ombudsmani vazirlikka taqdimnoma kiritdi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan bog‘chalarda bolalar xavfsizligini taʼminlash choralarini kuchaytirish talab qilindi.

custom img

Samimiy murojaat: Muhammedaliga Prezident maktub va sovg‘a

Qoraqalpog‘istonga tashrif davomida Muhammedali ismli bolaning Prezidentga samimiy murojaati va Vatanga bo‘lgan mehri aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan edi.

custom img

Farg‘onada MIB orqali fermerdan 99 mln undirildi

Maʼlum bo‘lishicha, fermer xo‘jaligining 25 ta ijro hujjati bo‘yicha soliq qarzi mavjud bo‘lgan.

custom img

Qoraqalpog‘istondagi reydda 523 ta avtomashina jarima maydoniga joylashtirildi

Maʼlum bo‘lishicha, ularning 2,6 mlrd so‘mlik jarimalari mavjud.

custom img

Jizzaxda kredit qarzi sabab noturar bino xatlandi

Endilikda keyingi ijro harakatlari qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

custom img

56 ta yangi vagon: Toshkent metrosida vagonlarning qariyb 70 foizi yangilandi

Yangi avlod zamonaviy harakat tarkiblari metropolitenning 4 ta yo‘nalishida harakatlanmoqda.

custom img

5 yoshli qizning zo‘rlanishi: gumon qilingan bog‘cha xodimlari ishdan bo‘shatildi

Holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Ishchi guruh tuzildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"