Jahon

Tailandda turistlar uchun yangi yig‘im: xorijlik sayyohlardan 13,5 dollar undirilishi mumkin

Yig‘imni undirishni 2027-yilning birinchi choragidan boshlash rejalashtirilmoqda.

Tailandda turistlar uchun yangi yig‘im: xorijlik sayyohlardan 13,5 dollar undirilishi mumkin

Tailand hukumati mamlakatga kiradigan xori jliksayyohlar uchun 450 bat (qariyb 13,5 dollar) miqdorida yagona yig‘im joriy etish masalasini muhokama qilmoqda.

 

Dastlab samolyotda keladigan sayyohlardan 300 bat, quruqlik va dengiz orqali kiruvchilardan esa 150 bat undirish rejalashtirilgan edi. Endilikda kirish usulidan qat’i nazar, barcha sayohatchilar uchun yagona 450 batlik yig‘im belgilash taklif qilinmoqda.

 

Yig‘imni dastlab havo orqali keladigan sayyohlardan undirish, keyinchalik esa quruqlik va suv orqali chegarani kesib o‘tuvchilarga ham tatbiq etish rejalashtirilgan. 

 

Tashabbus mualliflariga ko‘ra, faqat aviayo‘lovchilardan olinadigan yig‘im yiliga 12 mlrd batdan (qariyb 360 mln dollar) ortiq mablag‘ to‘plashi mumkin. Mexanizm to‘liq ishga tushirilgach, tushum 15 mlrd batga (450 mln dollar) yetishi kutilmoqda.

 

Tailand jamoatchilik bilan aloqalar departamenti yig‘ilgan mablag‘lar turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish va xavfsizlik standartlarini oshirishga yo‘naltirilishini bildirgan.

 

Yig‘imni undirishni 2027-yilning birinchi choragidan boshlash rejalashtirilmoqda. Hozir loyiha jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilmoqda va jarayon 28-sentabrda yakunlanadi. Shundan so‘ng hujjat Turizm siyosati bo‘yicha milliy qo‘mita va hukumat tomonidan ko‘rib chiqiladi.

 

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.