O'zbekiston

Surxondaryoda yer oldi-sotdisi ortidan mojaro: 32 yoshli erkakni kaltaklab o‘ldirgan besh kishi qamaldi

Ularga 4 yildan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Surxondaryoda yer oldi-sotdisi ortidan mojaro: 32 yoshli erkakni kaltaklab o‘ldirgan besh kishi qamaldi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida yer oldi-sotdisi bo‘yicha kelishmovchilik ortidan 32 yoshli erkakning kaltaklab o‘ldirilishi yuzasidan sud hukmi chiqarildi. 

 

Ish hujjatlariga ko‘ra, Yangihayot mahallasida yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan shaxs mulkiy nizoni zo‘ravonlik yo‘li bilan hal qilishga qaror qilgan. U 22–30 yoshdagi to‘rt nafar tanishini ham jalb qilgan.

 

Ular 27-aprel kuni soat 17:30 atrofida Lacetti va Nexia avtomobillarida Bog‘ishamol mahallasidagi avtomobil yuvish shoxobchasi oldiga borib, u yerda bo‘lgan ikki nafar qarindoshini kaltaklagan.

 

Shundan so‘ng ulardan biri majburan Lacetti avtomobiliga o‘tqazilib, Uzun tumanidagi Bobotog‘ hududiga olib borilgan. U yerda uning tanasiga og‘ir tan jarohatlari yetkazilgan. Guvohlarning ko‘rsatmalariga ko‘ra, jabrlanuvchiga elektroshoker yordamida ham ta’sir o‘tkazilgan.

 

Og‘ir tan jarohatlari olgan 32 yoshli erkak Denov tuman tibbiyot birlashmasining shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limi kirish qismiga tashlab ketilgan. 

 

Shifokorlar tomonidan reanimatsion choralar ko‘rilgan, biroq uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan va biologik o‘lim qayd etilgan.

 

Sudda aniqlanishicha, jabrlangan ikki kishi ota-bola bo‘lib, ular guruh tashkilotchisining tog‘asi va jiyani bo‘lgan. Nizo yer oldi-sotdisi masalasidagi kelishmovchilik sabab yuzaga kelgan.

 

Bundan tashqari, ish hujjatlariga ko‘ra, guruh tashkilotchisining xonadonidan 6 grammdan ortiq turli ko‘rinishdagi giyohvandlik vositalari aniqlangan.

 

Sud hukmiga ko‘ra, besh nafar sudlanuvchiga 4 yildan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jinoyat kodeksining 59-moddasiga muvofiq, jazolar qisman qo‘shilgan va ayrim sudlanuvchiga uzil-kesil 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

custom img

Namangan bog‘chasidagi jinsiy zo‘ravonlik: jinoyat ishi prokuraturaga o‘tkazildi

Tergov ustidan nazorat shaxsan Bosh prokuror tomonidan o‘rnatilgan.

custom img

Bog‘chadagi jinsiy zo‘ravonlik holati: Bolalar ombudsmani vazirlikka taqdimnoma kiritdi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan bog‘chalarda bolalar xavfsizligini taʼminlash choralarini kuchaytirish talab qilindi.

custom img

Samimiy murojaat: Muhammedaliga Prezident maktub va sovg‘a

Qoraqalpog‘istonga tashrif davomida Muhammedali ismli bolaning Prezidentga samimiy murojaati va Vatanga bo‘lgan mehri aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan edi.

custom img

Farg‘onada MIB orqali fermerdan 99 mln undirildi

Maʼlum bo‘lishicha, fermer xo‘jaligining 25 ta ijro hujjati bo‘yicha soliq qarzi mavjud bo‘lgan.

custom img

Qoraqalpog‘istondagi reydda 523 ta avtomashina jarima maydoniga joylashtirildi

Maʼlum bo‘lishicha, ularning 2,6 mlrd so‘mlik jarimalari mavjud.

custom img

Jizzaxda kredit qarzi sabab noturar bino xatlandi

Endilikda keyingi ijro harakatlari qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

custom img

56 ta yangi vagon: Toshkent metrosida vagonlarning qariyb 70 foizi yangilandi

Yangi avlod zamonaviy harakat tarkiblari metropolitenning 4 ta yo‘nalishida harakatlanmoqda.

custom img

5 yoshli qizning zo‘rlanishi: gumon qilingan bog‘cha xodimlari ishdan bo‘shatildi

Holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Ishchi guruh tuzildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"