O'zbekiston

Joriy yilda pirotexnika vositalarini noqonuniy olib kirilishi bo'yicha 85 ta holat aniqlangan

Tegishli idoralar tomonidan bu bo'yicha tezkor tadbir uyushtirildi.

Joriy yilda pirotexnika vositalarini noqonuniy olib kirilishi bo'yicha 85 ta holat aniqlangan





Toshkentda elektron tijorat platformalari orqali pirotexnika vositalari sotib kelingani aniqlandi

 

Ushbu ish bilan shug‘ullangan shaxsdan 350 mln so‘mlik 1490 dona pirotexnika vositasi ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

 

Bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan DXX va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Jarayonda avvaldan kuzatuvga olingan shaxs 108 dona salyutni qabul qilib, o‘zi boshqaruvidagi Spark mashinasiga yuklayotgan vaqtida to‘xtatib qolingan.

 

Tezkor tadbir poytaxtning Yunusobod tumanida davom ettirilgan: fuqaroning xonadoni ko‘zdan kechirilganida bu yerda ham 12 nomdagi 1382 dona salyut saqlanayotganligi aniqlangan. Surishtiruvlar davomida maʼlum bo‘lishicha, qonunbuzar shaxs pirotexnika vositalarini asosan elektron tijorat platformalari orqali mijozlarga pullab kelgan.

 

Mazkur holatda qiymati 350 mln so‘mlik jami 1490 dona pirotexnika vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan. Hozirda holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

 

Maʼlumot uchun, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida bojxona organlari tomonidan aniqlangan 85 ta holatda qiymati salkam 2,2 mlrd so‘mlik 1 mln 951 ming dona pirotexnika vositasining noqonuniy olib kirilishi va ichki hududdagi yashirin aylanmasiga chek qo‘yilgan.

custom img

Qashqadaryoda haydovchi YPX mashinasini urib, qochishga urindi

Haydovchi ikki chorrahada YPX xodimlarining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, harakatini davom ettirgan.

custom img

“Aybimiz bo‘lsa, uzrimizni so‘raymiz” — Chinoz hokimi

Chinoz tumani hokimi Sherzod Solihov “Sharmandali mahalla” va “Uyatli xonadon” yozuvlari aks etgan video yuzasidan izoh berdi.

custom img

Toshkent aeroportida yo'lovchilar bagajidan vino shishalariga yashirilgan qariyb 7 kg mefedron aniqlandi

Yo‘lovchilar Bangkokdan kelayotgan bo‘lgan.

custom img

Fermer xo‘jaliklarining buxgalteriya hisobini yuritish tartibi belgilandi

Unga ko‘ra, “Soliq-servis” AJning hududiy bo‘limlari ayrim fermer xo‘jaliklariga buxgalteriya va hisobot xizmatlarini bepul ko‘rsatadi.

custom img

Ehtiyojmand oilalarga “svet” va gaz uchun 6 oyda 92,1 mlrd so‘m kompensatsiya to‘landi

Bunda bazaviy me’yor doirasidagi tarif bilan undan oshgan qism uchun belgilangan narx o‘rtasidagi farq qoplab beriladi.

custom img

Sharbat qutisiga yashirilgan 3,15 kg narkotik moddalar topildi

Giyohvandlik vositalari 20 ta o‘ramda bolalar sharbat qutisi ichiga yashirilgan.

custom img

“O‘zbekiston qo‘lyozma merosida tarixiy shaxslar” kitob-albomining yangi nashri chop etilmoqda

Nashrga XIII–XVIII asrlarga oid 185 ta noyob miniatyura va 20 dan ortiq yangi tarixiy shaxs tasvirlari kiritildi.

custom img

Hibsda saqlanayotgan Odilxon qori og'ir judolikka uchradi

Odilxon qori dafn marosimida ishtirok etmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"