Shavkat Mirziyoyev “Air Products” kompaniyasi raisi bilan uchrashdi
Uchrashuvda kompaniya bilan hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Dubay shahrida “Air Products” kompaniyasi boshqaruvi raisi Seyfi Gasemini qabul qildi.
Kompaniya bilan hamkorlikni, eng avvalo, yuqori texnologik tarmoqlarda yana-da kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
Davlat rahbariga joriy loyihalarning borishi va yangilariga tayyorgarlik holati taqdimot qilindi.





