O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Muloqotda ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev BAA Prezidenti bilan uchrashdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Dubay shahriga tashrifi davomida 2 dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Uchrashuvda Amirliklar tomonidan vitse-prezident Shayx Mansur Ol Nahayon, Bosh vazir o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf Ol Nahayon, energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy, sanoat va ilg‘or texnologiyalar vaziri, COP28 sammiti prezidenti Sulton Ahmad al-Jobir ham qatnashdi.

 

Suhbat avvalida davlat rahbari Amirliklar yetakchisi va do‘st xalqini Milliy bayrami bilan samimiy tabrikladi hamda iqlim o‘zgarishi bo‘yicha global sammit muvaffaqiyatli tashkil etilgani bilan qutladi.

 

Ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalar barqaror va jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Yil boshidan buyon tovar ayirboshlash 30 foizga oshdi, qo‘shma korxonalar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar soni ko‘paymoqda. Ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi qo‘shma loyihalar portfeli 4 milliard dollarni tashkil etmoqda.

 

Faol muloqotni davom ettirish va bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhim ekani taʼkidlandi.

 

Amaliy hamkorlikni yana-da kengaytirish va uni keng ko‘lamli strategik sheriklik darajasiga olib chiqishdan manfaatdorlik bildirildi.

 

custom img

Wildberries kompaniyasi Rossiyani tark etib, O‘zbekistonda o‘z omborlarini ochadimi?

Kompaniya tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni rad etdi va Wildberries matbuot xizmati Zamon.uz savollariga javob berdi.

custom img

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi qoshida Blogerlar ijodiy kengashi tashkil etildi

Kengash blogerlarning kasbiy rivojlanishi, media savodxonligini oshirish va yosh kontent yaratuvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi.

custom img

Turkiyalik olimning O‘zbekiston haqidagi kitobi nashr etildi

Kemal Yavuz Atamanning 1991-yildan buyon O‘zbekistondagi kuzatuvlari va tadqiqotlari jamlangan "Men tanigan O‘zbekiston" asari o‘zbek va turk tillarida taqdim etildi.

custom img

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi qoshida ekologik klub tashkil etish taklif qilindi

Uyushma qoshidagi Jurnalist ayollar kengashining “Yashil iqtisodiyot va ayollar: kelajakni asrash mas’uliyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

custom img

Namangan shahrining sobiq hokimi 11 yilga qamaldi

Shuningdek, u 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan ishlarda ishlash huquqidan ham mahrum etildi.

custom img

Samarqandda yuk mashinasi ag‘darilib ketdi, haydovchi halok bo‘ldi

Yuk mashinasi kabinasida yong‘in chiqishi ortidan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqqa urilgan.

custom img

Mahallalarning energetik pasporti yaratiladi — Energetika vaziri

Energetika sohasida iste’molchilarga mobil ilova orqali qarzdorlik va ta’minotdagi uzilishlar haqida ma’lumot olish imkonini beruvchi tizimlarni rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

custom img

Abduqodir Husanov og‘ir judolikka uchradi

Husanovning bobosi, “Bunyodkor” U-19 jamoasi bosh murabbiyi Hikmat Hoshimovning otasi Husan bobo vafot etdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"