Toshkentda nastarin gullagani aytilmoqda
Mutaxassis buning sababini tushuntirdi.

Ijtimoiy tarmoqda respublikaning voha, markaz va janub viloyatlarida nastarin gullagani aks etgan suratlar tarqalmoqda.
Mutaxassis Erkin Abdulahatovning yozishicha, noyabr oyining iliq kelishi nastarin gullashiga sabab bo‘lgan.
Masalan, Navoiyning baʼzi qismlarida oylik o‘rtacha harorat iqlimiy meʼyordan 4 daraja yuqori kuzatilgan. Bu, 120°S ortiqcha samarali haroratdir.
"Bu kabi ortiqcha haroratlar to‘planmasi o‘simlik fiziologiyasiga taʼsir etib, ularda noodatiy fenologik davrlarni berib yubordi", deydi u.







