“Bizda pul yetishmayapti”
AQSHning Ukraina uchun mablag‘i tugashi mumkinligi aytildi.

Ukrainaga yordam berish uchun mablag‘ yil oxirigacha tugashi mumkin. Bu haqda Oq uyning spiker Mayk Jonsonga yo‘llagan maktubida so‘z boradi.
AQSH Kongressi Kiyevga yordam ko‘rsatish uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratishni maʼqullamasa, yil oxirigacha Ukraina uchun qurol-yarog‘ va texnika sotib olish uchun resurslar tugaydi.
“Bizda pul yetishmayapti va deyarli vaqtimiz ham yo‘q", — deydi Oq uyning boshqaruv va byudjet byurosi direktori Shalanda Yang.
Noyabr oyi o‘rtalariga kelib Pentagon Ukrainaga yordam berish uchun olgan 62,3 milliard dollarning 97 foizidan foydalangan.





