Salomatlik

Dunyoda COVID-19‘ning qaysi mutatsiyalari keng tarqalmoqda?

JSST bunga izoh berdi.

Dunyoda COVID-19‘ning qaysi mutatsiyalari keng tarqalmoqda?

 

Bugun dunyo bo‘ylab koronavirus pandemiyasi bekor qilingan. Karantin cheklovlari amalda emas. Shunga qaramay, COVID-19 mutatsiyaga uchrashda davom etmoqda va har bir mamlakatda uning qaysidir shtamm yoki subvariantlari dominant.

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti masʼul vakili Mariya Van Kerxovening taʼkidlashicha, hozir Yer yuzida qayd etilayotgan barcha shtammlar “omikron” mutatsiyalaridir. Ulardan biri “Eris” deb nomlangan EG.5 varianti bo‘lib, u sayyoramiz bo‘ylab tarqalgan SARS-CoV-2 versiyalarining yarmidan ko‘pini tashkil qiladi.

 

JSST avgust oyida mazkur subvariantni kuzatuv ostiga olgandi. Bunga yoz oylarida EG.5 ning keskin ko‘payishi sabab bo‘ldi. Ammo yaqinda AQSHda HV.1 versiyasi “Eris”ni “quvib” o‘tdi. U mamlakatda ro‘yxatga olinayotgan COVID-19 tashxisli bemorlarning 29 foizida qayd etilyapti.

 

Yevropa mamlakatlarida esa “Kraken” yoki EG.5 kabi variantlar dominant. Ularning jami holatlardagi ulushi taxminan 67 foizga teng.

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan "xavotirli variant" deb atalgan ВА.2.86 (pirola) mutatsiyasining tarqalish surʼati esa ancha sekin. Ilk bor iyul-avgust oylarida Isroil va Daniyada aniqlangan bu versiya emlashdan so‘ng hosil bo‘ladigan immunitetga bir muncha oson "chap berish" xususiyatiga ega, deb aytilayotgandi.

 

Fransiyada esa ВА.2.86 ning subvarianti hisoblangan JN.1 mutatsiyasi keng tarqalmoqda.

 

Oksford universiteti professori Endryu Pollardning so‘zlariga ko‘ra, kelgusida yangi variantlar paydo bo‘lishda davom etadi. Ular maʼlum bir muhitda xavf guruhga mansub aholi o‘rtasida shifoxonaga yotqizish holatlari va hatto o‘lim ko‘rsatkichlari oshishiga olib kelishi mumkin. Ammo hozircha bunday epidemiologik vaziyat kuzatilayotgani yo‘q.

 

Mariya Van Kerxove bu xususdagi xulosalari bilan o‘rtoqlashar ekan, COVID-19'ga gumon qilinganlar, albatta, maxsus test — sinamalarni topshirishlari kerakligini taʼkidladi.

 

Bu nafaqat kasallikni o‘z vaqtida aniqlab, samarali davolash, balki koronavirus populyatsiyasi va mutatsiyalarini kuzatish hamda o‘rganish imkonini ham beradi.

 

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"