Qorabog‘ni minadan tozalashda kalamushlar ishlatilyapti
Shuningdek, jarayonga maxsus o‘qitilgan itlar jalb qilingan.

Ozarbayjonlik sapyorlar Qorabog‘ hududini mina va portlamay qolgan snaryadlardan tozalash jarayonida maxsus o‘qitilgan kalamushlardan foydalanmoqda.
Shuningdek, minadan tozalash maqsadida jarayonga sapyor itlar va zirhlangan ekskovatorlar ham jalb qilingan.
Maʼlumotlarga ko‘ra, 2020-yildan beri Qorabog‘da 337 kishi minaga duch kelib, 65 inson, jumladan, 50 nafar begunoh aholi vakili halok bo‘lgan.
Avvalroq Armaniston tomoni Ozarbayjonga Qorabog‘ning ayrim hududlaridagi mina maydonlari aks etgan xaritani bergani maʼlum bo‘lgandi. Boku fikricha, mazkur xaritalarning aniqlik darajasi juda past, atigi 25 foizni tashkil etmoqda. Bu o‘z navbatida Qorabog‘ni tiklash ishini sekinlashtirmoqda.





