Samarqandda korxona salkam 600 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan
Holat Paxtachi tumanida yuz bergan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari Paxtachi tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan ohak ishlab chiqarish korxonasini aniqladi.
Taʼkidlanishicha, tumandagi xususiy korxona rahbari texnik shartda ko‘rsatilgan loyihadan tashqari o‘zboshimchalik bilan gaz quvuri o‘tkazib, tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzgan holda ohak ishlab chiqarib kelgan.
Korxona 387 245 m3 tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib davlat manfaatlariga 580 mln so‘mlik zarar yetkazgan, deya xulosa bergan “O‘zenergoinspeksiya”ning Samarqand viloyat bo‘limi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.







