Sirdaryo hokimi yana radarlarga pul ajratdi
Pullar viloyat mahalliy byudjetining 3-chorak daromadlarining rejadan oshirib bajarilgan qismi hisobidan berilgan.

Sirdaryo viloyati hokimi viloyatda yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalarni xarid qilish uchun 1 mlrd so‘m ajratgan.
Pullar viloyat mahalliy byudjetining 3-chorak daromadlarining rejadan oshirib bajarilgan qismi hisobidan berilgani aytilgan.
Shu yil may oyida ham shu hokim aynan radarlar uchun 3 mlrd so‘m ajratgan edi.
Shuningdek, viloyat prokuraturasini qo‘shimcha mebel va konditsionerlar bilan taʼminlash uchun 110 million so‘m, Guliston shahar mahallalarida SOS tezkor chaqiruv qurilmalarini o‘rnatish uchun 190 million so‘m sarflangan.







