Toshkentda yana bir guruh "ko‘cha bolalari" ushlandi
Ular tovlamachilik va bezorilik jinoyati bo‘yicha ayblanmoqda.

Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergov qilinmoqda. Mazkur jinoyat ishi doirasida o‘tkazilgan tergov-tezkor harakatlari davomida jinoiy faoliyat olib borgan bir nechta shaxslar gumonlanib ushlandi.
Jumladan,
➖1983 yilda tug‘ilgan Mirxojayev Mirsolix Mirkamolovich (165-modda 2-qismi, ko‘p miqdorda tovlamachilik, 277-moddasi 2-qismi bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);
➖1995 yilda tug‘ilgan Shomurodov Laziz Yunus o‘g‘li (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik; 277-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);
➖1980 yilda tug‘ilgan Samiyev Sherzod Latifovich (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik; 277-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);
➖1991 yilda tug‘ilgan Akramov Akramjon Davlatboy o‘g‘li (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik);
➖1996 yilda tug‘ilgan Aliyev Azizjon Vali o‘g‘li (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik);
➖1995 yilda tug‘ilgan Bobonazarov Ravshan Abduraxmon o‘g‘li (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik).
➖1995 yilda tug‘ilgan Muminov Behruz Xolmurod o‘g‘li (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik);
➖1986 yilda tug‘ilgan Yuldashev Anvar Baxtiyorovich (277-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);
➖1988 yilda tug‘ilgan Umirzokov Dilshod Buribayevich (277-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);
➖1994 yilda tug‘ilgan Usmanov Sirojiddin Inomjon o‘g‘li (277-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik).
Ushbu shaxslar tahdid va kuch ishlatish yo‘li bilan pul mablag‘larini qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritish bilan shug‘ullangan.
Jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.







