Toshkentda yana bir “ko‘cha bolasi” qo‘lga tushdi
U bezorilik jinoyati bo‘yicha ayblanmoqda.

Toshkent shahar IIBB tomonidan “Dolzarb qirq kunlik” doirasida o‘tkazilayotgan tergov-tezkor harakatlar davomida yana bir nechta shaxslar jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlandi.
Jumladan, 1985 yilda tug‘ilgan Buzrukov Buzruk Akmalovich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 277-moddasi 2-qismi bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik) ham qo‘lga olingan.
Jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.







