O'zbekiston

Andijonda maxsus guruh “roddom”ga qalbaki dori yetkazgan

DXX tomonidan viloyatda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Andijonda maxsus guruh “roddom”ga qalbaki dori yetkazgan

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat Bojxona boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, sifati kafolatlanmagan hamda qalbaki tibbiyot dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

 

Xususan, Oltinko‘l tumanida yashovchi, 1987 y.t. fuqaro boshqaruvidagi “BYD” rusumli avtomashina Andijon shahridagi “Yangibozor” savdo majmuasi oldida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, uning yukxonasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan 171 quti “Ferrouz” nomli dori vositalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

 

Tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu shaxsning yashash xonadonida jami 5593 qutida 8 xil turdagi qalbaki dori vositalari va ularni qadoqlashda foydalaniladigan bo‘sh qutilar, turli xildagi dori vositalarining yo‘riqnoma va yorliqlari borligi maʼlum bo‘ldi.

 

Shuningdek, mazkur noqonuniy ishga aloqador bo‘lgan 3 nafar fuqaroning yashash xonadonlari hamda ularga tegishli bo‘lgan manzillarda ham ko‘p miqdordagi qalbaki dori vositalari borligi aniqlandi.

 

Olib borilgan tezkor-tintuv tadbirlari natijasida umumiy qiymati 700 mln. so‘mdan ortiq bo‘lgan, jami 14 turdagi 10686 dona dori vositalari tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

 

Mazkur shaxslar o‘zaro kelishgan holda yashash xonadonlarida qalbaki dori vositalarini tayyorlab, kelgusida sotish maqsadida Andijon shahridagi tug‘ruqxonalar, shifoxonalar, xususiy klinikalar hamda Samarqand, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahriga yetkazib berishgan.

 

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 5000 qutidan ortiq qalbaki dori vositalari qaytarib olinib, aholi orasida tarqalishining oldi olindi.

 

Boshqa holatda esa Andijon shahrida yashovchi, 1990 y.t. fuqaro sifati kafolatlanmagan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan dori vositalarini Andijon va Qashqadaryo viloyatlaridagi dorixonalarga yuborayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

 

Shuningdek, ushbu shaxsning yashash xonadonida o‘rnatilgan talablar darajasida saqlanmayotgan, umumiy qiymati 250 mln. so‘m bo‘lgan 5000 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalari hamda qadoqlashda foydalaniladigan bo‘sh qutilar, turli xildagi dori vositalarining yo‘riqnoma va yorliqlari borligi maʼlum bo‘ldi va tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

 

Hozirda har ikki holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 186 prim 3-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

custom img

Maktabgacha va maktab ta’limida o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi takomillashtiriladi

180 nafar pedagog o‘zbek tilini zamonaviy metodika asosida o‘qitish bo‘yicha seminarda ishtirok etmoqda.

custom img

Toshkentda YPX talabiga bo‘ysunmagan raqamsiz Malibu-2 haydovchisi ushlandi

YPX xodimlari haydovchiga to‘xtash ishorasini bergan, biroq u avtomobilni keskin ortga burib, qochishga uringan.

custom img

Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi

Buxoro xalqaro aeroportida Prezident Ilhom Aliyev va rafiqasini Prezident Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kuzatib qo‘ydi.

custom img

Namanganda katerlar to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

Alkogol va tamaki sohasiga oid 8 ta hujjatga 28 ta o‘zgartirish kiritish taklif etildi

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan yangi loyihalar Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

custom img

Adolat tiziminnig yangi qiyofasi xalq ishnochi, qonun ustuvorligi va inson qadri uchun tarixiy qadam

Inson huquqlarini ishonchli himoya qilish, qonun ustuvorligi va adolatni ta’minlash — “Odil sudlov — 2030” strategiyasining asosiy maqsadlaridan. Prezidentning tegishli Farmoni bilan sud tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qildi

Tashrif davomida Ozarbayjon delegatsiyasiga Buxoroning Buyuk Ipak yo‘lidagi muhim savdo, ilm-fan va ta’lim markazi sifatidagi ko‘p asrlik tarixi haqida so‘zlab berildi.

custom img

Yogurt idishiga yashirilgan 267 gramm giyohvandlik moddasi aniqlandi

Toshkentda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"