Farg‘onada qimorbozlar guruhi qo‘lga tushdi
Viloyatda bu bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Farg‘ona viloyatining Quva tumanida tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yinlarini o‘ynagan shaxslar aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Quva tumani IIB xodimlari Tolmozor MFYda 9 kishini qo‘lga oldi. Ular fuqaro B.A.ning xonadonida o‘rtaga 5000 so‘mdan pul tikishib, qimor o‘ynab o‘tirishgan vaqtida ushlanib, 36 dona o‘yin kartalari hamda jami 1 mln 278 ming so‘m miqdoridagi pullar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.







