Qirg‘izistonda ham bolalarning kasallanishi ko‘payyapti
SSVga ko‘ra, ota-onalar bolalarini emlashdan bosh tortgan.

Qirg‘izistonda ham bolalarning kasallanish holatlari ko‘payyapti. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlumot berib, ikkita sababni keltirdi.
Birinchisi, 18 ming bolaning ota-onasi turli sabablarga ko‘ra ularni emlashdan bosh tortgan. Kasalliklarning oldini olish uchun bolaga 13 ta emlash buyurilgan. Agar rad etilsa, poliomiyelit, bezgak va qizamiq bilan kasallanish xavfi ortadi.
Ikkinchi - havoning ifloslanishi. Qish va bahorda ko‘proq bolalar allergiya va bronxial astma bilan og‘riydilar.





