O'zbekiston

Ukraina O‘zbekistondagi kompaniyaga sanksiya kiritdi

Uning egasi ham “qora ro‘yxat”ga tushgan.

Ukraina O‘zbekistondagi kompaniyaga sanksiya kiritdi

Ukraina hukumati xorijlik jismoniy va yuridik shaxslarga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi.

 

Ro‘yxatdan O‘zbekistonning “Foton” kompaniyasi joy olgan, kompaniya boshqaruvi raisi Marifxo‘ja Saidumarov ham «qora ro‘yxat»ga kiritilgan. Sanksiya muddati 10 yil.

 

“Foton” 1941 yilda tashkil etilgan. Kompaniya diodlar, tranzistorlar va integral mikrosxemalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"