O‘zbekiston Ochiq maʼlumotlar portali oltin darajadagi sertifikat oldi
Shuningdek, Statistika agentligi sayti ham sertifikat olgan.

5 dekabr kuni Londondagi Ochiq maʼlumotlar Instituti (ODI) baholash tizimi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Ochiq maʼlumotlar portali data.egov.uz “Gold level” oltin darajadagi sertifikatini oldi.
Ochiq maʼlumotlar institutining sertifikatini dunyodagi 155 mingdan ortiq sayt va portallar olgan. Ammo dunyoda atigi 3 ta sayt eng yuqori bo‘lgan “Platinum level” darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan. Ulardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining rasmiy sayti.







